Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad 3-1 Selta
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

"Nasaf" rahbariyati OAV vakillari va muxlislar bilan uchrashdi

"Nasaf" rahbariyati OAV vakillari va muxlislar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘zingizga ma’lum, yangi mavsum boshida «Nasaf» futbol klubi rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgandi. Bugun «Markaziy» o‘yingohdagi matbuot anjumanlari zalida jamoamizning faol muxlislari va OAV xodimlari bilan ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda «Nasaf» futbol klubi bosh direktori Alisher Yusupov, jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va «ajdarlar»ning yetakchi futbolchilari Umidjon Ergashev, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoylar yig‘ilishda ishtirok etishdi.

Tadbir qatnashchilari klubimiz rahbariyatidan 2022 yildagi rejalar va maqsadlar haqida o‘zlari qiziqtirgan savollar javob olishdi.

Yaqindagina klubning bosh direktori lavozimi tayinlangan Alisher Ismailovich Yusupov o‘ziga bildirilgan ishonch uchun klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tib, «Nasaf» futbol klubini yanada rivojlantirish uchun bor kuchi bilan harakat qilishini aytib o‘tdi va bundan keyingi uchrashuvlar bundanda yuqori saviyada bo‘lishini ta’kidladi.

Ro‘ziqul Berdiyev yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni va Turkiya yig‘ini haqida ham muxlislarga o‘z fikrlarini bildirib, hozirgi kunda jamoaga yana bir hujumchi kerakligini, seleksiya ishlari davom etayotganini aytib o‘tdi.

Jamoamizning yetakchi futbolchilari Umidjon Ergashev, Akmal Mozgovoy hamda Sherzod Nasrullayevlar ham yangi futbol mavsumiga tayyor ekanliklari va sovrinli o‘rinlar uchun kurashishlarini aytib o‘tishdi.

Yig‘ilish so‘ngida «Nasaf» futbol klubi rahbariyati muxlislar klubiga o‘z sovg‘alarini topshirdi.

 

Manba: «Насаф» матбуот хизмати
Kiritildi: 21:05, 23.02.2022.
O'qildi: 1059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.