Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Maxfiy uchrashuv joyi - Adidas ofisi

Maxfiy uchrashuv joyi - Adidas ofisi

Baho:
+ | -

«Real» Dortmund «Borussiya»si goleadori Erling Xolandni o‘z tomoniga og‘dirish masalasida xufyona ish ko‘rmoqda, chog‘i. Hammaga ma’lum: ayni payt norvegiyalik hujumchini Madrid klubidan tashqari, «Barselona», «Manchester Siti» va «PSJ»da ilhaq holda kutishyapti. Endi uning ehtimoliy transfer tarixi ayg‘oqchilar haqidagi serialga aylanmoqda. Bu serial yakunda Erlingni aynan «Qirollik klubi»ga yetaklashi ehtimoli katta. Har holda, «Real»ning ishga Adidas firmasini ham jalb etgani ma’lum bo‘ldi.

Germaniyaning Bild nashrida yozilishicha, fevral oyi boshida Adidas kompaniyasi bosh ofisida Zayniddin Zidan, Michu, Erling Xoland va uning otasi o‘rtasida maxfiy uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Gap shundaki, norvegiyalik goleador va Nike o‘rtasidagi homiylik shartnomasi muddati tugadi. Izoh berilishicha, «adidaschilar» Xolandni o‘z qanotlari ostiga olish asnosida uning «Real» foydasiga qaror chiqarishga undamoqchilar. Kompaniya shu maqsadda xufyona uchrashuvga Erlingning bolalikdagi kumirlari - Zayniddin Zidan va ispaniyalik Michuni ham taklif qildi.

Hammasi juda oddiy: agar Adidas Erling bilan kelishuvga erishsa, futbolchining bu brend bilan uzoq muddatli munosabatlarga ega «Real» safini to‘ldirish ehtimoli keskin oshadi. Zidan va Michu esa Xolandga klub tanlash masalasida ta’sir ko‘rsatish uchun yollangan. Qo‘shimcha qilinishicha, uchrashuvda Xolandlar oilasi do‘sti Ivar Eggya va huquqshunos Rafaela Pimenta ham ishtirok etishgan.

To‘g‘ri, Nike va Puma ham hamon o‘yin ichida - har ikkisi Xolandga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Erling Nike bilan «Zalsburg» klubida o‘ynayotgan vaqti shartnoma tuzgandi. Yillik qiymati 1 million yevroni tashkil etgan o‘sha bitim shu oy o‘z kuchini yo‘qotdi. Aslida Nike darhol shart­noma muddatini uzaytirmoqchi edi, biroq  Adidas va Puma kompaniyalarining hujumchi uchun kurashga qo‘shilgani vaziyatni chigallashtirdi. Zero, har ikki brend vakillari futbolchining shaxsiy agenti - Mino Rayola bilan muzokara jarayonini boshlab yuborishdi. Marca nashrining Futbol Aleman manbasiga taya­nib, xabar tarqatishicha, har ikki kompaniya norvegiyalikka 5 yillik hamkorlik uchun chamasi 50 million yevro taklif qilmoqda. Yiliga 10 «limon»! Yomon emas-a... Ha, Erling oldida nafaqat yangi klub, balki yangi brend tanlash masalasi ham turibdi.

Xoland oldidagi yagona yo‘l «Real»mi?

Sport.es nashri xabarida aytilishicha, «Real» allaqachon Xolandning vakillari bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Bu hujjat futbolchining otasi Alf-Inge Xoland va Mino Rayolaning agentlik firmasi huquqshunosi Rafaela Pimenta tomonidan imzolangan. Qo‘shimcha qilinishicha, Madrid jamoasi Xoland transferi bo‘yicha ishni yozda yakuniga yetkazadi. O‘rtadagi shartlashuvga asosan, hujumchi endi boshqa klublar bilan muzokara olib borolmaydi.

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:40, 25.02.2022.
O'qildi: 3006 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик