Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

«Barselona», «Bavariya» va «Real». Dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri Kristensenning yangi manzili qayer?

«Barselona», «Bavariya» va «Real». Dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri Kristensenning yangi manzili qayer?

Baho:
+2 | -

Biror futbolchining shartnomasi yakunlanishi - potensial xaridorlar va yangi shartnomalar bo‘yicha muzokaralar haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ladi. Hozirda «Chelsi» futbolchisi Andreas Kristensen yozgacha shunday taxminlar ichida bo‘ladi.

Daniya terma jamoasi safida ajoyib o‘yinlar namoyish etgan Andreas haqidagi mish-mishlar deyarli har kuni OAV orqali xabar qilinmoqda. «Aristokratlar»ning markaziy himoyachisi transfer haqidagi xabarlar salkam 1 yildan beri bor, xaridorlar esa o‘sha-o‘sha jamoalar.

Daniyalikning shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. Yangi bitim bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan va shu sabab uning yozda boshqa jamoaga o‘tishi haqida mish-mishlar ko‘payib ketgan.

Matbuot xabariga ko‘ra, Kristensen «Chelsi»ga bo‘lgan hurmat tufayli Premyer-liga klublariga o‘tmoqchi emas. «Ko‘klar» safida 2012 yildan beri o‘ynab kelayotgan futbolchi APLdagi «Chelsi»ning raqiblarini kuchaytirishni istamayapti.

«Barselona»

Eng yangisidan boshlaylik - «Chelsi» rahbariyati Andreasning Kataloniya klubiga o‘tishiga ishonmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, bu rahbariyat va yechinish xonasida ham muhokama bo‘lgan. Shu sabab futbolchi «Chelsi» bilan shartnoma uzaytirishi dargumon.

O‘z navbatida, Kristensen atrofida «Bavariya»ga o‘tish haqida xabarlar ham bor, ammo ayni damda futbolchining o‘zi «Barselona»ga o‘tishni istamoqda.

Kataloniyaliklar Erling Xolandning transferi uchun mablag‘ tejashmoqchi. Kristensen esa ular uchun ayni muddoa. Chunki, u ispan klubiga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin.

«Bavariya»

Nemis matbuotining ta’kidlashicha, Andreasning vakillari Myunxen klubi rahbariyati bilan bir necha marotaba muzokara o‘tkazgan. Hozirda futbolchi yakuniy qarorni qabul qilgani yo‘q.

«Chelsi» bilan muzokaralar maosh tufayli to‘xtab qoldi. Kristensen yiliga 10-12 million yevro olmoqchi, londonliklarni bu summani to‘lamoqchi emas. Tomas Tuxel klub rahbariyatida futbolchi bilan shartnoma uzaytirishni talab qilmoqda. Ammo...

«Bavariya» Niklas Zyulening yozda ketishi tufayli daniyalikning transferini amalga oshirmoqchi. Ammo bu kelishuvning amalga oshish ehtimoli  juda past.

«Milan»

Bu shartnomaga «rossonerilar» bosh murabbiyi qiziqish bildirgan. Taxminlarga ko‘ra, Milan klubi Kristensenning agenti bilan bog‘lanib, yanvar oyidagi transfer oynasiga futbolchi bilan kelishuvga erishishga harakat qilib ko‘rgan. Sababi, o‘sha paytda «Milan» jarohat olgan Simon Kyerga o‘rinbosar qidirayotgan edi, Ammo, Kyer yozgacha jarohatdan tuzaladi va safga qaytishi kutilmoqda.

«Real»

Madrid klubi o‘tgan yilning kuz oylarida Andreasga jiddiy tarzda qiziqish bildirdi. Klub Varan va Ramos bilan xayrlashdi va ularning o‘rnini to‘ldirish kerak edi. Jamoaga yozda Alaba kelgan, ammo madridliklar rahbariyati Militao salohiyatiga unchalik ishonch bildirmagan. Shu sabab «Real» Kristensenga qiziqish bildirgan edi.

Ta’kidlanishicha, madridliklar Kristensenga haftasiga 200 ming funt sterling to‘lashga tayyor bo‘lgan. Hozir daniyalik «Chelsi»da 100 ming funt maosh oladi. Hozirda ham «qaymoqranglilar» bizning qahramonimizni o‘z safiga qo‘shib oladimi, yoki yo‘qmi bu noma’lum. Chunki «qirollik klubi» futbolchisi Eder Militao ajoyib o‘yin namoyish etmoqda.

 

Bizning taxminlar...

Aftidan, Andreasda hozirda uchta variant bor. Birinchisi, «Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolash. «Chelsi» Kristensen va uning agentlari so‘ragan pulni to‘lay oladimi yoki yo‘qmi, bu noma’lumligicha qolmoqda.  

Ikkinchi variant - «Barselona». Moliyaviy ahvoli og‘ir bo‘lgan kataloniyaliklar, erkin agent sifatida sayyoramizning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan birini qo‘lga kiritishdan xafa bo‘lmasa kerak. Hozirda «Barsa»da raqobatlashish 10 yil oldingiga qaraganda ancha oson, ammo Xavi boshchiligidagi klubda o‘ynab keta oladim yoki yo‘qmi, bu aniq emas.

Uchinchi o‘rinda «Bavariya». Kristensenning Myunxen jamoasiga o‘tishi haqidagi ma’lumotlarni 100 % to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Chunki bunday xabarlarni mish-mishlarga asoslangan OAVlar tarqatmoqda. «Bavariya» klubining odatdagi uslubi 20-22 yoshda futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olib, ushbu futbolchilarning o‘yinlarini rivojlantirish va ularni katta miqdordagi pulga sotib yuborishdir. Ammo Zyulening ketishi, nemis grandining rejalarini buzib yuborishi mumkin.  

So‘nggi ikki mavsumda Kristensenning o‘yinlarida sezilarli o‘sish bo‘ldi. WhoScored  nashri uni kamdan-kam hollarda 6,5 dan past baholaydi. Ko‘pincha, 7 dan ko‘proq ball oladi. Futbolchi uzatgan passlar bir o‘yin davomida o‘rtacha 89-90% aniqlikni tashkil qiladi. Havoda g‘alaba qozonish bo‘yicha ham dunyoning yetakchi markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Jarohatlarga moyilligi past, u 2019/20 yilgi mavsumdan beri jarohat sabab 6 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan.

Andreas - sifatli futbolchi. Har qanday murabbiy uni o‘z jamoasida ko‘rishni hohlaydi va bu klub tez orada ma’lum bo‘ladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 13:03, 27.02.2022.
O'qildi: 3212 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.