Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

FIFAning boshi qotgan — Rossiya MTJ taqdiri nima bo‘ladi?

FIFAning boshi qotgan — Rossiya MTJ taqdiri nima bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, biroz oldin tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Polsha, Shvesiya va Chexiya terma jamoalari 2022 yilgi jahon chempionatida Rossiya bilan bir turnirda o‘ynashdan bosh tortdi. Bu borada ko‘pchilikka FIFAning chiqaradigan qarori qiziq.

Shanba kuni Polsha futbol ittifoqi rahbari Sezariy Kulesha Tvitterida milliy terma jamoa Rossiyaga qarshi o‘ynashni istamasligini aytdi.

«Biz FIFAga umumiy pozisiyani yetkazish uchun Chexiya va Shvesiya federasiyalari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz», - deydi Kulesha. U Polsha boshqa davlatlar bilan birlashishni xohlayotganini ta’kidladi. Shu kuni Polsha terma jamoasi futbolchilari vaziyatga umumiy fikr bildirishdi: «Bizning Rossiya bilan pley-offda o‘ynash niyatimiz yo‘q, qarorimiz jiddiy. Bunga to‘xtalish oson bo‘lmadi. Lekin hayotda futboldan ham muhimroq narsalar bor».

Terma jamoa matbuot xizmati xodimi Yakub Kvyatkovski bu borada o‘z pozisiyasini tasdiqladi: «Texnik mag‘lubiyatga tayyormisiz? - Ha, futbolchilar bilan birgalikda Rossiyaga qarshi o‘ynamaslikka qaror qildik», — deydi Yakub.

Robert Levandovski bu haqda alohida fikr bildirdi va jamoani qo‘llab-quvvatladi: «Bu to‘g‘ri qaror! Hozirgi vaziyatda Rossiyaga qarshi o‘yinni tasavvur qila olmayman. Bunga rossiyalik futbolchilar va muxlislar javobgar emas, lekin biz xuddi hech narsa bo‘lmagandek harakat qila olmaymiz», — deydi Robert. 

Shanba oqshomida bu ittifoqqa Shvesiya ham qo‘shildi. Shvesiya futbol federasiyasi bu qarorni o‘z rasmiy saytida qayd etdi: terma jamoa Chexiyani mag‘lub etsa, Rossiyaga to‘qnash keladi va ular bilan o‘yindan bosh tortadi. Shvesiyaliklar ikki muhim fikrni ilgari surgan. Birinchidan, jamoa neytral hududda o‘ynash fikriga qarshi. Ikkinchidan, FIFAni Rossiyaning musobaqada ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

FIFA iltimosimizni qondirmasligiga ishonish qiyin. Bu jinnilik davom etar ekan, Rossiyaning turnirda qatnashishi mumkin emas», deya tushuntiradi federasiya prezidenti Karl-Erik Nilsson. Chexiya esa yakshanba kuniyoq boykotga qo‘shilgan. «Chexiya futbol ittifoqi terma jamoa hech qanday holatda Rossiya bilan JCH-2022 saralash bosqichida o‘ynamasligi haqidagi qarorni ma’qulladi», - deyiladi murojaatda.

FIFA avvaliga Polshaga, keyin esa Shvesiya – Chexiya o‘yini g‘olibiga texnik mag‘lubiyat berish uchun barcha rasmiy asoslar mavjudligini tasdiqladi.

Bu ssenariyda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2022ga chiqadi. Ammo vaziyat o‘ziga xos va FIFA Rossiyani chiqarib yuborish ehtimoli ham yo‘q emas. Ko‘pchilik yevropalik siyosatchilar sportni ham keng sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish tarafdori ekanliklarini aytishdi. Agar bu sodir bo‘lsa, Polsha avtomatik tarzda turnirga chiqadi. Hozircha UYEFA reglamentida faqat birgina variant mavjud. Tashkilot Rossiya va Ukraina klublari uchun neytral maydonda o‘ynashni taklif qilgan. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich allaqachon rus jamoalariga uy uchrashuvlarini Serbiya hududida o‘tkazishni taklif qilgan.

Kiritildi: 18:45, 27.02.2022.
O'qildi: 2455 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.