Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Stranja kubogi-2022. Medallar bo‘yicha O‘zbekiston 1-o‘rinni egalladi

Stranja kubogi-2022. Medallar bo‘yicha O‘zbekiston 1-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

22-27 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha nufuzli "Stranja" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. "Kichik jahon chempionati" sifatida e’tirof etiladigan mazkur turnir o‘z tarixida 73-marotaba tashkil etildi. Unda jahonning 37 mamlakatidan 370 nafardan ortiq erkak va ayol bokschilari ishtirok etishdi.

Musobaqa erkaklar o‘rtasida 13, ayollar o‘rtasida esa 12 ta vazn toifasida tashkil etildi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur turnirda 8 nafar erkak va 5 nafar ayol bokschi bilan qatnashib, 6 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Rossiya terma jamoasi esa 5 ta oltin bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi (2 ta erkaklar, 3 ta ayollar). Kuchli uchlikka esa Qozog‘iston terma jamoasi 4 ta oltin medal bilan yakun yasadi (2 ta erkaklar, 2 ta ayollar).

Mezbon Bolgariya esa bu borada 4-o‘rinda qoldi.

Stranja kubogi-2022. Medallar jadvali (top-5)

1. O‘zbekiston — 6-0-1 (7)
2. Rossiya — 5-5-11 (21)
3. Qozog‘iston — 4-4-9 (17)
4. Bolgariya — 3-4-5 (12)
5. Hindiston — 2-0-1 (3).

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov

Bronza:

-52 kg: Tursunoy Rahimova

O‘zbekiston terma jamoasi 28 fevraldan 1 martga o‘tar kechasi soat 02:00da yurtimizga qaytib keladi. Bokschilarimizni kutib olishni istagan OAV xodimlari va muxlislarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga chorlab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:00, 28.02.2022.
O'qildi: 3535 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик