"Tottenxem" yarim himoyachisi Stiven Bergveyn yozda jamoani tark etishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli niderlandiyalikning agentlari futbolchining xizmatlarini "Milan"ga taklif qilishgan. Avvalroq, yanvar oyi boshida londonliklar “Ayaks” taklifini rad etgandi.
Joriy mavsumda Bergveyn 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million yevroga baholamoqda.