Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Klopp yetakchi futbolchisining jarohati haqida gapirdi

Klopp yetakchi futbolchisining jarohati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Tiago Alkantara haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Tiago Liga kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan jarohat olgan edi.

«Qizillar» «Chelsi»ni penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi.

«Tiagoning son mushaklarida muammolar bor. U o‘zida ma’lum bir noqulaylikni his qildi.

Hozir u yaxshi, lekin eng yaxshi formada emas. Ehtimol, u «Norvich» va «Vest Xem» o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. O‘ylaymanki, u Chempionlar ligasi doirasidagi «Inter»ga qarshi o‘yinda qaytishi mumkin», - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi «qizillar» matbuot xizmati.

«Liverpul» – «Inter» uchrashuvi 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:00, 01.03.2022.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик