Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Ayollar futboli. Qur’a natijalari “Neftchi-W” va “Sevinch” qarama-qarshiligi misolida

Ayollar futboli. Qur’a natijalari “Neftchi-W” va “Sevinch” qarama-qarshiligi misolida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zPFL binosida ayollar Oliy liga o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi tashkillashtirildi. Jamoalar birinchi turda kim bilan ro‘baro‘ kelishlarini hamda Berger tizimi bo‘yicha keyingi tur raqiblarini ham bilib olishdi. Qur’a natijalarini “Neftchi” va “Sevinch” qarama-qarshiligi misolida kuzatamiz.

Muxlisa Otaqo‘ziyeva (“Neftchi-W” jamoasi bosh murabbiyi):

- Qur’a kutilganidek, xolisona o‘tdi. Kuchlilar safidagi ilk o‘yinimizni mamlakatning ko‘p karra chempioni, tajribali futbolchi va murabbiylariga ega  “Sevinch”ga qarshi o‘tkazar ekanmiz. Bu xabarni mashg‘ulot paytida eshitdik. Rosti, men ham, shogirdlarim ham bundan sira cho‘chiganimiz yo‘q. Aksincha, kuchli raqibga qarshi yanada jiddiyroq tayyorlanamiz, mezbonligimizni unutmaslikka harakat qilamiz. Himoyaviy o‘yinni yoqtirmayman, shiorim ham “Eng yaxshi himoya – bu hujum”. Oddiy jamoa emasligimizni isbotlashimiz shart.

Gulnora Davronova (“Neftchi-W” jamoasi sardori):

- Kayfiyatimiz yomon emas, chunki buni qur’a deydilar, boshqa jamoa tushishi ham mumkin edi. Kim tushishidan qat’iy nazar baribir maydonga tushamiz, o‘ynaymiz, o‘z sha’nimiz, viloyatimiz obro‘si uchun kurashamiz. “Sevinch”ga qarshi bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Sababi, aynan shu o‘yin bizning nimalarga qodir ekanligimizni belgilab beradi. Negaki, chempionatda maqsadimiz kuchli beshlikka kirish.

 

Vladislav Xan (“Sevinch” jamoasi bosh murabbiyi):

- Qur’a raqibni emas, raqiblarimizni, mavsum taqvimini belgilab berdi. Maydonga kimga qarshi tushishimiz emas, qanday natija ko‘rsatishimiz muhim. Klubimiz strukturasida o‘zgarish bo‘ldi, biz “Nasaf”ga rasman qo‘shildik. Lekin hozircha buning foyda-ziyonini bilganimiz yo‘q. Avtobus, baza va stadionimizdan foydalanishda davom etyapmiz. Klub rahbarlari vaziyat bundanda yaxshi bo‘lishiga va’da beryapti.

Maxliyo Sariqova (“Sevinch” jamoasi o‘ynovchi-murabbiyi, sardori):

- Qur’a bizga juda ma’qul bo‘ldi. Raqibimizni kamsitmoqchi emasman, lekin baribir “Neftchi-W” “So‘g‘diyona-W” yoki “Bunyodkor-W” emasda. Ancha-muncha ulgurmagan kamchiliklarimizni shu o‘yin orqali aniqlab olamiz. Negaki, tarkibimizning yetakchi qizlari ancha vaqt mamlakat terma jamoasi yig‘inida, xalqaro turnirlarda bo‘lishdi. Ular bilan boshqalarning birikishiga biroz vaqt kerak. Ayniqsa, jismoniy tayyorgarligimizni, kasallikdan davolangan futbolchilarimizni aynan shu “Neftchi”ga qarshi  o‘yinda tekshirib, tiklab olamiz. Maqsadimiz esa hardoimgidek chempionlik, avvalgi shon-shuhratni takrorlash.  

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:22, 02.03.2022.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик