"Bavariya" "Bayer" yarim himoyachisi Jeremi Frimpongga qiziqish bildirmoqda.
Myunxen klubi 21 yoshli niderlandiyalik futbolchini keyingi mavsumda markaziy himoyada o‘ynashi kutilayotgan Benjamin Pavarga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda.
Shuningdek, "Bavariya" short-listidan Ridle Baku va Serjinyo Dest ham o‘rin olgan.
Frimpong Bundesliganing joriy mavsumida 23 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 6 golli uzatmani amalga oshirdi.