Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Bunyodkor» yangi o‘yinchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi

«Bunyodkor» yangi o‘yinchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, bugun “Bunyodkor” taqdimot va tanishtiruv marosimini o‘tkazdi. Klub direktori Ulug‘bek Mirzayev, bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov, futbolchilar va muxlislar ishtirok etgan marosimda jamoaga taklif etilgan yangi o‘yinchilar tanishtirildi hamda ularga liboslar topshirildi. Shuningdek, OAV xodimlari klub rahbariyati, murabbiy va futbolchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Dastlab klub direktori Ulug‘bek Mirzayev o‘z fikrlarini bildirdi: — Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Ertaga “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yin bilan biz uchun mavsum boshlanadi. Jamoa har doimgidek o‘z oldiga yangi marralarni qo‘yadi va yuqori o‘rinlarni egallashga harakat qiladi.

Shuhrat Maqsudov: — Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman! “Bunyodkor” yangi mavsumga tayyorgarlikni deyarli yangilangan tarkib bilan 5 yanvarda boshladi. Klubimiz prezidenti Mehriddin Abdullayev bilan suhbatlashgach, asosiy e’tibor akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga qaratilishi bo‘yicha bir qarorga keldik. To‘g‘ri hozir bir qadam orqaga tashlayotgandirmiz, ammo vaqti kelib ikki qadam oldinga yuramiz. Fevral oyida Turkiyada yig‘in o‘tkazdik. Yoshlarning ko‘zida xohish-ishtiyoqni ko‘rdim, faqat ularga tajriba yetishmayapti va bu tabiiy holat. Tajriba o‘yinlar orqali keladi. “Bunyodkor”ning kelajagi ishonchli qo‘llarda. Yoshlarga e’tibor qilayotganimizni akademiyamizda hozir tahsil olayotgan yosh bolalar ham ko‘rishmoqda va ular ham kelajakda asosiy tarkibga kirishga harakat qilishadi. Biz yolg‘iz emasmiz, futbolchilarimiz mana shu muxlislarimiz uchun chiroyli o‘yinlar namoyish etishga harakat qilishadi. Muxlislardan bitta iltimos, har qanday natija qayd etilsa ham jamoani qo‘llab quvvatlab turasizlar deb umid qilaman.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerak, “Bunyodkor” yangi mavsum uchun 27 nafar futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazdi. Jamoa sardori, tojikistonlik himoyachi Davronjon Ergashev eng yoshi katta  o‘yinchi hisoblansa, Jahongir O‘rozov eng yosh futbolchi sanaladi.

Davronjon Ergashev: — Jamoamiz yangi mavsumga 99 foizga tayyor. Har bir o‘yinda faqat g‘alaba uchun chiqamiz. Bizga qarshi o‘ynaydigan jamoalarga oson bo‘ladi, deyishmoqda, ishontirib aytaman unday bo‘lmaydi. “Bunyodkor” doim sovrinli o‘rinlar uchun kurashadi.

Jahongir O‘rozov: “Bunyodkor” doim g‘alaba uchun maydonga tushadi. Barchaga yangi mavsumda omad yor bo‘lsin.

Shundan so‘ng jamoamizga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarga liboslar taqdim etildi.

Suhrobjon Sultonov — 32
Sardor Xursandov — 2
Dilshod Jo‘rayev — 5
Usmonali Ismonaliyev — 22
Husayn Ergashboyev — 14
Dmitriy Pobulich — 11
Fransis Narx — 8 (viza bilan bog‘liq muammo tufayli hali O‘zbekistonga yetib kelmadi).

Liboslar topshirilgach, OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

— Turkiyadagi yig‘inda nimadan ko‘nglingiz to‘ldi-yu, nimadan qoniqmadingiz?
— Bitta joyda yashadik va oilaga aylanib ketdik. Yaxshi raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdik. O‘rtoqlik o‘yinlaridagi natija u qadar muhim emas. Asosiysi futbolchilarning o‘zaro til topishib ketishi. Turkiyadagi yig‘indan ko‘nglimiz to‘ldi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:28, 02.03.2022.
O'qildi: 1489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.