Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga: «Dinamo» - «Paxtakor». Prevyu

Superliga: «Dinamo» - «Paxtakor». Prevyu

Baho:
+ | -

Superliga-2022 dastlabki turi doirasi «Dinamo» jamoasi Samarqandda mamlakatning amaldagi chempioni, O‘zbekiston Superkubogi sohibi «Paxtakor» jamoasini qabul qiladi. O‘yin oldidan bayramona konsert va ochilish marosimi o‘tkaziladi.

O‘yinni Vadim Agishev boshqarib boradi
PFL Superliga 1-tur uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1-tur doirasida Samarqandda o‘tadigan bahsni toshkentlik Vadim Agishev boshqarib boradigan bo‘ldi.
Superliga. 1-tur
3 mart (payshanba)
Dinamo – Paxtakor
O‘yin boshlanish vaqti: 18:30
Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylalov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Shohrux Said

Hozirgi holat
“Paxtakor” jamoasi mavsumni 27 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun kechgan “Nasaf”ga qarshi o‘yin bilan boshladi. Makedoniyalik mutaxassis Slavche Voyneski murabbiyligidagi Toshkent klubi Yaypanda kechgan uchrashuvda “Nasaf”ni mag‘lub etib (1:0), navbatdagi Superkubok egasiga aylandi.

“Paxtakor” mavsum oldidan odatdagidek Turkiyada tayyorgarlik olib bordi. “Dinamo” jamoasi ham 3-24 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga hozirlik ko‘rdi.

O‘zaro o‘yinlar
Oliy Liga tarixida “Dinamo” va “Paxtakor” jamoalari 48 marta uchrashishgan. Bahslarning 37tasida “Paxtakor”, 6tasida esa “Dinamo” g‘alaba qozongan, 5ta o‘yin durang bilan yakunlangan. “Dinamo” va “Paxtakor” o‘rtasidagi Samarqanddagi so‘nggi o‘yin 2019 yilda o‘tib, o‘shanda 1:4 hisobi qayd etilgan. Toshkentdagi 1-davrada o‘tkazilgan o‘yinda esa 2:0 hisobida “Paxtakor” g‘alaba qozongan.

Kimlar maydonga tushmaydi?
Bugungi bahs oldidan ikki jamoa ham jangovar tayyorgarlikka ega. “Paxtakor” tarkibida yo‘qotish yo‘q, murabbiy barcha futbolchilarni maydonga tushirishi mumkin. “Dinamo” bosh murabbiyi Predrag Rogan esa “Nasaf”dan ijara olingan himoyachi Jo‘rabek Mannonovni maydonga tushira olmaydi. Sababi ushbu o‘yinchi o‘tgan mavsum yakunida “Nasaf” safida qizil kartochka olgani sababli, “Paxtakor” bilan bahsni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 13:37, 03.03.2022.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.