Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Qoyil, Pyer-Emerik!

Qoyil, Pyer-Emerik!

Baho:
+ | -

«Arsenal»dan bezib, «Barselona»ga yo‘l olgan gabonlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyang Ispaniya La Ligasi 25-turidan o‘rin olgan «Valensiya»ga qarshi o‘yin (4:1)da bir o‘zini ko‘rsatib qo‘ydi - 3ta gol! U shu tariqa XXI asrda Yevropaning kuchli 5ta ligasidan 4tasida «xet-trik»ka erishgan birinchi futbolchiga aylandi.

Pyer-Emerik bunga qadar Fransiya, Germaniya va Angliya elit ligalarida ham shunday natijaga erishgandi. Umuman, «Milan»ning gabonlik tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida Fransiyaning «Dijon», «Lill», «Monako» va «Sent-Etyen», Germaniyaning «Borussiya» D. hamda Angliyaning «Arsenal» klublari safida to‘p surishga ulgurgan.

*** Germaniyaning transfermarkt portali ma’lumotlarida keltirilishicha (22 fevral holatiga ko‘ra), XXI asrda Yevropaning kuchli 5ta chempionatidan kamida 2tasida «xet-trik» qayd etish atigi 10 nafar futbolchiga nasib etgan.

*** Bu borada Pyer-Emerik Obameyangning yaqin ta’­qibchilari - Krishtianu Ronaldu, Emmanuel Adebayor, Aleksis Sanches va Salomon Kalu. Bu 4 nafar futbolchi 3tadan ligada «xet-trik»ka erishgan.

*** Pyer-Emerik Obameyang «xet-trik»larning umumiy soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan ancha orqada. Gabonlik futbolchi 7ta o‘yinda 3tadan gol urgan bo‘lsa, portugaliyalik yulduz Ispaniya, Italiya va Angliya chempionatlari doirasidagi naq 37ta o‘yinda shunday natijaga erishgan.

XXI asrda Yevropaning kuchli 5ta ligasidan kamida 2tasida «xet-trik»ka erishgan futbolchilar

1. Pyer-Emerik Obameyang (Gabon) - 4ta liga

2. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 3ta liga

3. Emmanuel Adebayor (Togo)  — 3ta liga

4. Aleksis Sanches (Chili) — 3ta liga

5. Salomon Kalu (Kot-d~Ivuar) — 3ta liga

6. Luis Suares (Urugvay) — 2ta liga

7. Serxio Aguero (Argentina) — 2ta liga

8. Edinson Kavani (Urugvay) — 2ta liga

9. Tyerri Anri (Fransiya) - 2ta liga

10. Zlatan Ibragimovich (Shvesiya) - 2ta liga

Pyer-Emerik Obameyangning 4ta elit o‘yini

1. Fransiya chempionati. 2012 yil 22 fevral

«Sent-Etyen» - «Loryan» - 4:2

2. Germaniya chempionati. 2013 yil 10 avgust

«Augsburg» - «Borussiya» D. - 0:4 

3. Angliya chempionati. 2021 yil 14 fevral

«Arsenal» - «Lids» - 4:2

4. Ispaniya chempionati. 2022 yil 20 fevral

«Valensiya» - «Barselona» - 1:4

So‘z

- «Mestalya»ga oxirgi marta «Arsenal» bilan YEL o‘yini uchun kelgan va g‘alaba bilan qaytgandik. Bu safar «xet-trik»ka erishdim. Bu stadion men uchun xuddi uyimdek bo‘lib qoldi. Pyer-Eme-rik Obameyang («Valensiya»ga qarshi o‘yindan so‘ng).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:37, 04.03.2022.
O'qildi: 4950 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик