Timo Verner tez orada bosh murabbiy va jamoa rahbariyati bilan «Chelsi»dagi kelajagini muhokama qiladi. Bu haqda Britaniyaning Goal nashri xabar bermoqda.
Agar muzokaralar natijasi Vernerga mos kelmasa, u kelasi yozda «Stemford Brij»ni tark etishi mumkin.
Qo‘shimcha qilamizki, Timo Vernerga o‘z vatani klubidan taklif bor. Dortmundning «Borussiya» klubi «Chelsi» hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.