Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Chelsi" sobiq futbolchisi: "Abramovichdan keyin "Chelsi"ni "o‘ladi" deb o‘ylamayman"

"Chelsi" sobiq futbolchisi: "Abramovichdan keyin "Chelsi"ni "o‘ladi" deb o‘ylamayman"

Baho:
+ | -

Fransiyalik sobiq futbolchi Frank Lebyof Londonning «Chelsi» klubi bilan bog‘liq so‘nggi yangiliklarga izoh berdi. Xabaringiz bor, Roman Abramovich «Chelsi»ni sotishga qaror qildi. Abramovich umrining qariyb 20 yilini shu klubga bag‘ishlagan.

«Biz Abramovichni qadrlashimiz kerak, bu klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davr bo‘ldi. Uning ketayotganini anglash achinarli, u klubga ko‘p narsa berdi. Lekin Abramovich ketganidan keyin «Chelsi» o‘ladi deb o‘ylamayman.

Abramovichning moliyaviy imkoniyatlari «Chelsi»ga fantastik o‘yinchilarni sotib olish va sovrinlar yutish imkonini berdi. Abramovich klubga kelganida, «Chelsi» deyarli bir zumda butunlay boshqa sifat darajasiga erishdi. Uning effekti yashin tezligida bo‘ldi”, — dedi fransiyalik sobiq futbolchi.

Kiritildi: 23:36, 04.03.2022.
O'qildi: 1734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик