Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Qozog‘istonlik boks murabbiyi: «Barcha hakamlar o‘zbeklarga yordam berishdi»

Qozog‘istonlik boks murabbiyi: «Barcha hakamlar o‘zbeklarga yordam berishdi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi Bolgariyada bo‘lib o‘tgan "Stranja kubogi"da 24 sportchi bilan ishtirok etib, unda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi (O‘zbekiston 1-o‘rinni band etdi). Terma jamoa bosh murabbiyi Qayrat Satjanov sports.kz saytiga bergan intervyusida musobaqa taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Qayrat Tursunxanovich, erkaklar terma jamoamiz uchun "Stranja kubogi"ni qanday baholaysiz?
— Agar baho qo‘yadigan bo‘lsam, nazarimda, 4 baho qo‘ysa bo‘ladi.

— Barcha shogirdlaringingzning harakatlaridan qoniqish hosil qildingizmi?
— Ha, ularning barchasidan qoniqdim. Kim nimaga qodir bo‘lsa, shunday boks tushdi. Hech bir bokschiga jiddiy e’tiroz bo‘lmadi. Sportchilarning funksional tayyorgarligi yaxshi bo‘lgandi. Ikkinchi-uchinchi raundlarda yigitlar g‘alaba qozonishdi. Bu borada ularga rahmat.

— O‘zbekiston 7 bokschi bilan musobaqada ishtirok etib, ulardan 6 nafar g‘alaba qozonishdi. Bu borada nima deya olasiz?
— Ha, biz o‘zbeklarga qarshi 5 yoki 6ta jangda yutqazdik. O‘zbekiston asosiy tarkib bilan ishtirok etdi. Ular bu tarkib bilan Osiyo o‘yinlari va keyinchalik Parij-2024 olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishmoqchi.

Bizda esa asosiy tarkib a’zosi Mahmud Sabirxan musobaqada g‘alaba qozondi.

Nurlan Saparbay ham asosiy tarkibning yana bir vakili hisoblanadi. U musobaqada 3-o‘rinni egalladi. Yarim finalda u o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov bilan jang qildi. Birinchi raundda bizning bokschi g‘alaba qozondi. Men hattoki jang oldidan bu bahsda yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonamiz deb o‘ylagandim. Ammo barcha hakamlar ustunlikni raqibga berishdi — 5:0. Nima uchun bunday bo‘ldi? Ko‘p janglarda hakamlar o‘zbek bokschilariga yordam berishdi. Nima uchun? Chunki boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini baholash uchun Yevropa va boshqa mamlakatlardan ko‘p hakamlar taklif etildi. Bundan maqsad yanvar oyida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bu hakamlar O‘zbekistonga yordam berishlarini maqsad qilishgandi. Turnirda esa hakamlarga ehtirom ko‘rsatildi: ularga osh-ovqat va sovg‘alar berildi. Oqibatda Bolgariyadagi musobaqada ham hakamlar mezbon bokschilariga qarshi janglarda o‘zbeklarga yon bosishdi.

Saparbay birinchi raundda g‘alaba qozonganiga qaramay hakamlar ustunlikni o‘zbekistonlik bokschiga berishdi. Ikkinchi-uchinchi raundlarda Mullajonov rostdan ham kuchli edi, buni tan olish kerak. Birinchi bo‘limdan keyin o‘zbekistonlik bokschi hisobni bilgach, "Nahotki, men yutyapman!", deya ruhlanib ketdi va yaxshi jang qila boshladi. Ammo birinchi raundda u qo‘rqib jang qildi.

Agar kuzatgan bo‘lsangiz, Nurlan Saparbay chorak finalda Jahon chempionati sovrindori, ispaniyalik sportchini mag‘lub etdi. U Belgraddagi JCHda bu raqibga mag‘lub bo‘lgandi. U shunchaki g‘alaba qozonmadi, balki nokdaun bilan yutdi. Shundan so‘ng ispaniyalik bokschining murabbiylari uchinchi raundda jang qilishdan bosh tortishdi.

92 kg. vaznda Abzal Quttibekov millati qozoq bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchi bilan jang qildi. Birinchi raundda, nazarimda, u yutqazdi, ammo ikkinchi va uchinchi raundlarda u yutdi. Hakamlardan 4 nafari Abzalga berishgan bo‘lsa, bir nafar  g‘alabani o‘zbek sportchisiga berdi. Yakunda esa Saidrahimov 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Xasanboy Do‘smatov har ikki bokschimiz — Timur Kabdeshov va Damir Abdiqadirni mag‘lub etdi. Ular hali yosh — har ikkisi 2000/2001 yillarda tug‘ilgan. Bu vaznda bizning birinchi raqamli sportchimiz Saken Bibosinov Bolgariyaga bormadi.

57 kg.da Orazbek Asilqulov jang tomonlama o‘zbekistonlik sportchiga yutqazdi.

63,5 kg. vazndagi har ikki bokschimiz o‘zbek bokschisiga yutqazishdi. Ammo, masalan, Muhammedsabir Bazarbay o‘g‘li uch raund davomida Mujibillo Tursunovga bosim qildi. Bu jangda u mag‘lub bo‘lmagandi. O‘zbekistonlik sportchi keyinchalik intervyu berib, musobaqadagi eng qiyin jang qozog‘istonlik sportchiga qarshi bo‘lganini aytib o‘tdi. Yarim finalda esa ushbu o‘zbek sportchisiga qarshi 2003 yilda tug‘ilgan Abzal Serik ringga chiqdi. Jang tomonlama u ham yutqazmadi. Lekin bokschilarimiz ikki uslubda jang qilishdi: masalan, Bazarbay o‘g‘li birinchi raqam ostida jang qilgan bo‘lsa, Serik, aksincha, ikkinchi raqamda ishladi. Umuman olganda, men unga vazifani bajarganini aytdim. Ular hali yosh, jismoniy tayyorgarlik yetmadi. Ular hali ishlashi kerak. Vaqti kelib ular Mujbillo Tursunovni mag‘lub etishadi, deb o‘ylayman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:48, 05.03.2022.
O'qildi: 5167 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.