Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ana, xolos! Ishonchni oqlamagan «xaloskor»

Ana, xolos! Ishonchni oqlamagan «xaloskor»

Baho:
+ | -

Angliya liga kubogi finali – «Chelsi» - «Liverpul» bahsi golsiz yakunlandi: umuman, jamoalar asosiy vaqtda to‘rtta (uchtasi «ko‘klar»da) to‘p kiritishdi, ammo barchasi ofsayd tufayli bekor qilindi. Garchi «Liverpul»ning goli dastlab hisobga olingan bo‘lsada, hakamlar VAR yordamida fikrlarini o‘zgartirishdi. Uchrashuvning eng qiziqarli voqeasi 15 daqiqadan iborat qo‘shimcha bo‘limlarning oxirgi soniyalari o‘tib borayotganda ro‘y berdi: penaltilar seriyasi muqarrarligini bilgan Tomas Tuxel Eduar Mendini zaxiraga olib, xaloskorlik rolini Kepa Arrisabalagaga ishonib topshirdi.

Umuman, aynan Kepa butun turnir davomida asosiy posbon vazifasini bajargan, biroq finalda Mendi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgandi. Eduar butun o‘yin davomida ishonchli to‘p surdi, yaqinda Afrika kubogi finalida ham penaltilar seriyasida muvaffaqiyat qozongandi. Tuxel esa Kepani «nuqta»dan yo‘llanadigan zarbalarni qaytarishda ustunroq deb hisobladi.

Biroq futbol lotereyasida «Chelsi» va «Liverpul» darvozabonlari biror marta raqib tepgan to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lolmadilar. Natijada, maydon o‘yinchilarining barchasi aniq zarbalar yo‘llashdi va navbat darvozabonlarga keldi. Kuivin Kellexer ampluadoshini osongina dog‘da qoldirdi. O‘zi darvozaga turganda esa, ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi - Arrisabalaganing tepgan to‘pi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Shu tariqa, Tuxelning noodatiy qarori o‘zini oqlamadi. Taqdir hazilini qarangki, Kepa penaltilarni qaytarish ko‘rsatkichi bo‘yicha Mendidan kuchli bo‘lishiga qaramay, Liga kubogida birorta ham zarbani bartaraf etolmadi va o‘zining noaniq urinishi tufayli sovrin «Liverpul»ga ketishiga sababchi bo‘lib qoldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:09, 05.03.2022.
O'qildi: 2992 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.