"Brayton" yarim himoyachisi Tobi Kolyer faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.
Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, "MYU" “Brayton”ning 18 yoshli markaziy yarim himoyachisi transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Tobi MYU U-18 jamoasiga kelib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Tobi Kolyer Angliyaning eng iqtidorli yoshlaridan biri hisoblanadi.