Lautaro Martines "Inter"da qoladi. Bu haqda futbolchining agenti Alexandro Kamano ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Martines o‘zini uyidagidek his qilmoqda.
"Lautaroning "Inter" bilan 5 yillik shartnomasi bor. Bu jamoa uning qalbida. Uning maydondagi futbolchilar bilan aloqasi bor.
Uning oilasi ham Milanda baxtli. Lautaroning "Inter"ni tark etishining iloji yo‘q. U bu klubda faqat unvonlar haqida qayg‘uradi", - deya aniqlik kiritdi agent.