"Arsenal" ustozi Mikel Arteta bu yozda hujumchi sotib olish uchun qattiq bel bog‘lagan. Xabarlarga ko‘ra, mutaxassis klub texnik direktori Edu Gasparga Aleksandr Isak ("Real Sosyedad") hamda Kalvert-Lyuin ("Everton")dan birini xarid qilish kerakligini bildirgan.
Ushbu mavsumda "Arsenal" YECHL yo‘llanmasi uchun eng asosiy da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgan. Ayni damda jamoa 24 o‘yindan keyin 45 ochko to‘plagan.