Yozda "Borussiya D" safiga borib qo‘shilishi aniq bo‘lgan "Bavariya" himoyachisi Niklas Zyule myunxenlik muxlislar haqida fikr bildirdi.
"Hatto Dortmundga ko‘chib o‘tishim aniq bo‘lganda ham odamlar mening ismimni baqirib, qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ortda qolgan besh yil uchun klub va muxlislardan minnatdorman. Jamoa uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim va mavsum yakunigacha ham borimni berishda davom etaman", - dedi germaniyalik himoyachi.