"MYU"ning sobiq futbolchisi Lyuk Chaduik jamoa Ryudigerni olib kelishi kerak deb hisoblaydi. U bu haqida shunday deydi:
"Ryudiger "MYU" ayni vaqtda muhtoj bo‘lib turgan futbolchidir. U so‘nggi 18 oyda yangi darajaga chiqa oldi. Shu sabab u istalgan jamoaga sifat qo‘sha oladi. Ishonchim komil, Ryudiger bilan "MYU" himoyasi mustahkamlanadi".
Hozirda Ryudiger uchun "Bavariya", "Real" hamda "PSJ" ham da’vogarlik qilmoqda.