"Manchester Siti" Angliya chempionati 28-turi doirasida "Manchester Yunayted"ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub qildi. O‘yin Manchester shahridagi "Etixad" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahsda o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirgan "Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne APLdagi o‘zining 50 va 51-gollarini urdi.
Bu orqali u "shaharliklar" safida bunday natijaga erishgan 8-futbolchi bo‘ldi.