Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Ayaks»ga nima bo‘ldi?

«Ayaks»ga nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Erik ten Xag boshqaruvidagi «Ayaks» 23 fevral oqshomi Lissabonda «Benfika» darvozasini 2 marta nishonga oldi, to‘g‘ri, shuning barobarida 2ta gol ham qo‘yib yubordi. Ke-yin, 27-sanada Niderlandiya Eredivizioni 24-turida kamtarin «Gou Exed Igls»ga yutqazib qo‘ydi - 1:2. 2:2 va 1:2 hisoblari o‘z yo‘liga, fakt shuki, Amsterdam drujinasi joriy mavsum telbavor mahsuldorlik ko‘rsatmoqda. Diqqat qiling, 14ta yirik hisobli g‘alaba (jumladan, 9ta 5:0) va umumiy gollar nisbati 111:14. Bu shunchaki, «jinni»lik. Vaholanki, «Ayaks» yanvar oyi o‘rtalarida ham Niderlandiya Eredivizioni turnir jadvalida ikkinchi bo‘lib turgan va jamoada gollar nisbati 56:4ga teng edi. Endi esa ten Xag shogirdlari 1-o‘rindalar, gollar nisbati - kosmos!

***

Yevropaning kuchli 5ta ligasiga qarasak, milliy chempionatdagi gollar nisbati bo‘yicha «Ayaks» oldiga tushadigan jamoaning o‘zi yo‘q. Diqqat qiling, Amsterdam klubi har bir qo‘yib yuborilgan golga javoban naq 10ta (!) urmoqda. Qoyil, shunchaki, qoyil!

***

Ha, «Ayaks» CHLda nisbatan ko‘proq gol qo‘yib yubormoqda. Shunga qaramay, asosiy yevroturnirdagi gollar nisbati ham hayratlanarli, baribir. 7ta o‘yin uchun +15 - bu chakki emas, to‘g‘rimi? 

Ten Xag jamoasining Niderlandiya kubogidagi ishtiroki esa hozirda shunchaki, FIFA o‘yin ilovasining eng yengil variantini eslatmoqda. 4:0, 9:0, 5:0 - izoh ortiqcha.

 Umuman, raqibni «tepkilash» joriy mavsumgi «Ayaks» uchun oddiy holat bo‘lib qoldi. Agar 4ta gol farqi bilan yutilgan o‘yinlarni sanasak (aslida hisobdagi +3 farqi yirik natija sanaladi), Ten Xag drujinasida bunday g‘alabalar soni 14ta!

 Darvoqe, «Ayaks» CHL 1/8 finalidan o‘rin olgan «Benfika»ga qarshi o‘yinga qadar qatorasiga 10ta g‘alaba qayd etdi. Jamoa ushbu ajoyib seriya davomida 39ta gol urib, 1tagina qo‘yib yubordi.

 «Ayaks»ning joriy mavsumdagi barcha turnirlarga daxldor umumiy gollar nisbatini tasvirlasak, shunchaki, g‘aroyib manzara ko‘zga tashlanadi. Qarang, +111ta golga atigi -14ta...

Tabiiyki, gollar o‘z-o‘zidan kelayotgani yo‘q: «Ayaks» dahshatli hujum harakatiga ega, shuningdek, goleadorlarning qoyilmaqom oltiligi ham bor.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:41, 07.03.2022.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.