Germaniyalik murabbiy Mixael Byuskens "Shalke"ning yangi bosh murabbiyiga aylandi. Klub rasmiy sayti xabar berishicha, mutaxassis bilan kelishuv joriy mavsum oxirigacha tuzilgan.
Avvalroq klub Dimitrios Grammozisni ishdan ozod qilgan edi. U bilan birga yordamchilari ham jamoani tark etishgan.
"Biz mavsumning muhim qarorlar qabul qiladigan qismiga yetib keldik. Bu mavsum Bundesliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak", - dedi klub sport direktori Ruven Shryoder.