Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Legionerlarimizda nima gaplar?

Legionerlarimizda nima gaplar?

Baho:
+ | -

Italiya. «Roma» Italiya chempionati 28-turida «Atalanta»ni qabul qilib, yagona gol evaziga 3 ochkoni o‘z tomoniga og‘dirdi. Biroq jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bu safar hamyurtimiz Eldor Shomurodovni hattoki, zaxiradan ham maydonga tushirmadi.

Rossiya. «Nijniy Novgorod»da alamli mag‘lubiyat. Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning jamoasi RPL 20-turidan o‘rin olgan SSKAga qarshi safar o‘yinini 90-daqiqada qo‘yib yuborilgan gol tufayli boy berdi. Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan legio­nerimiz 84-daqiqada SSKA vakili Mario Fernandes bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida raqibning burni sindi va har ikki futbolchini almashtirishga to‘g‘ri keldi. Whoscored portali Yo‘ldoshevning o‘yindagi harakatiga 7,3 ball qo‘ydi. Bu «Nijniy Novgorod» vakillariga berilgan eng yuqori bahodir.

Qozog‘iston. Yaqindagina «Ordabasi» safiga qo‘shilgan Odil Abdumajidov mamlakat chempionati 1-turida «Maxtaaral»ga qarshi kechgan uy uchrashuvida to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi. Biroq Shimkent jamoasi liga debyutantini yenga olmadi - 1:1. «Qayrat» chempionatni «Aktobe»ga qarshi o‘yin bilan boshlab, 2:0 hisobida ustun keldi. Ammo jamoa bosh murabbiyi Qurbon Berdiyev ilk o‘yinda Jasur Jaloliddinovni zaxirada qoldirdi. Mavsum starti Igor Sergeev uchun omadli keldi. «Tobol» hujumchisi «Akjayik» bilan bahsda to‘liq vaqt o‘ynab, jamoasi g‘alabasini ta’minlagan yagona gol muallifi bo‘ldi. 

Saudiya Arabistoni. «Al-Nasr» mamlakat Premyer-ligasi 23-turida «Al-Hilol»­ni qabul qilib, raqibga umuman qarshilik ko‘rsatolmadi - 0:4. Jamoa yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ushbu omadsiz uchrashuvning 57-daqiqasida maydonga tushdi. Bu vaqtda hisob 0:3 edi, «Hilol» keyinchalik yana bitta gol urdi.

BAA. Birlashgan Arab Amirliklari Pro ligasi 18-turidan o‘rin olgan «Al-Jazira» - «Sharja» uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi. Mehmon jamoa yarim himoyachisi Otabek Shukurov mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinda to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi. «Shabab Al-Ahli» - «Al-Vahda» (1:3) o‘yinida mezbonlar yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev maydonga tushgani yo‘q. 

Qatar. Doston Hamdamov Yulduzlar ligasi 21-tur o‘yinida 82 daqiqa o‘ynab, gol urdi. Biroq uning jamoasi - «Al-Sayliya» yakunda «Al-Ahli» bilan ochkolarni bo‘lishib oldi - 2:2.

Belarus. BATE chempionat startidan oldin amaldagi chempion - «Shaxtyor»ni 1:0 hisobida yengish asnosida mamlakat superkubogini qo‘lga kiritdi. Borisov jamoasi yetakchilaridan biri Shahboz Umarov o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi (oldinroq uning bosh murabbiy nafratiga uchragani va transferga qo‘yilishi haqida xabarlar chiqqandi).

Moldova. Mamlakat chempioni - «Sherif» mahalliy liga 7-turida «Sfintul»ga qarshi o‘yinni Jasur Yaxshiboyevsiz o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 06:43, 09.03.2022.
O'qildi: 2879 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.