Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Arsenal» kuchli to‘rtlikka qaytdi yoxud Artetaning keskin qarorlari o‘zini oqlamoqda (mi?)

«Arsenal» kuchli to‘rtlikka qaytdi yoxud Artetaning keskin qarorlari o‘zini oqlamoqda (mi?)

Baho:
+ | -

«Arsenal» Angliya Premyer-ligasida qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda g‘alaba qozondi va turnir jadvalida kuchli 4-o‘ringa ko‘tarildi. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, kanonirlar «kanonirlar» musobaqadagi asosiy ta’qibchilar «Manchester Yunayted» va «Vest Xem»ga qaraganda uchta, «Tottenxem»dan esa bitta kam o‘yin o‘tkazgan. Shu sabab bugun biz mavsumni omadsiz boshlagan «to‘pchilar» vanday qilib APLda kuchli to‘rtlikka qaytgani haqida biroz fikr yuritamiz.

«Arsenal» 28-turda «Uotford»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Parallel o‘yinda esa «Manchester Yunayted» «Manchester Siti»ga, «Vest Xem» esa «Liverpul»ga imkoniyatni boy berdi. Bu esa London klubini ancha vaqtdan keyin yana kuchlilar safiga qaytishiga yordam berdi. Ayni paytda «kanonirlar» hisobida 48 ochko bor, ta’qibchilarda esa mos ravishda 47 va 45 ochkodan mavjud. Shu bilan birga, «Arsenal» 25ta, «Manchester Yunayted» va «Vest Xem»da esa 28tadan o‘yin o‘tkazgan.

Ta’kidlash kerakki, London klubi yozgi transfer oynasi vaqtida xaridlarga dahshatli summa ajratdi (151 million yevro). Mavsum boshidagi omadsiz uchrashuvlardan keyin «Arsenal» murabbiylar shtabi juda ko‘p tanqidlarga uchragandi. Lekin hozir ko‘rishimiz mumkinki, yozgi sarmoyalar klub muvaffaqiyat uchun ishlashni boshladi. Nunu Tavaresh va Albert Sambi Lokonga jamoaning markazdagi o‘yinini tartibga keltirgan bo‘lsa, Ben Uayt esa Gabriel bilan himoyada ajoyib juftlik hosil qildi. «Bolonya»dan 25 million yevroga sotib olingan Takexiro Tomiyasu kutilmaganda Arteta jamoasining asosiy o‘ng qanot himoyachisiga aylandi. Londonliklar «Real» futbolchisi Martin Edegor huquqlarini to‘liq sotib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Norvegiyalik futbolchi esa o‘ziga berilgan imkoniyatlarni va sarflangan pulni oqlashni boshladi. Darvozabon Aaron Ramsdeylni sotib olish, ehtimol, «to‘pchilar»ning yozdagi eng muvaffaqiyatli transferi bo‘ldi.

Ammo shunga qaramay, ushbu muvaffaqiyatlar faqat investisiya kiritilgan futbolchilar orqali keldi, deb aytish mutlaqo to‘g‘ri emas. Mikel Arteta ixtiyorida bo‘lgan futbolchilar ham bu mavsumda o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishdi. O‘rtacha yoshi 24 dan sal kattaroq bo‘lgan «kanonirlar» Premyer-ligadagi eng yosh jamoa hisoblanadi va ularning bir qator yosh iqtidorlari so‘nggi bir necha oy ichida oldinga katta qadam tashlab, jamoa o‘yiniga juda zarur bo‘lgan barqarorlikni qo‘shishdi. Bukayo Saka va Emil Smit-Rou 21 yoshgacha bo‘lgan o‘smir futbolchilar orasida joriy mavsumda 13 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Ramsdeyl, Tomiyasu va Edegor 23 yoshda, Uayt esa bu futbolchilardan bor-yo‘g‘i bir yosh katta, Kiran Tirni va Gabriel 24 yoshda va ular muxlislar orasida yaxshi taassurot qoldirishda davom etmoqda.  24 yoshli Gabriel Martinelli unchalik yorqin o‘yin ko‘rsatmayapti, lekin u ba’zi-ba’zida o‘zini juda yaxshi namoyish etadi.

To‘g‘ri, «Arsenal» ligadagi yosh jamoa bo‘lishi mumkin, ammo shunga zahirasida asosiy tarkib futbolchilarini o‘rnini bosuvchi futbolchilar kam. Agar jamoada jarohatlar ko‘payib ketsa, bu Arteta uchun yetarlicha muammo tug‘dirishi tayin. Chunki mutaxassisning tanlov imkoniyati unchalik katta emas. Sababi jamoani yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan bir nechta o‘yinchilar tark etdi. Shubhasiz, «Arsenal»ning natijalarini yaxshilashda klubning jamoaviy o‘yinlari katta rol o‘ynamoqda. Arteta o‘tgan yili dadil tanlov qildi va Mesut O‘zil va Pyer-Emerik Obameyang kabi futbolchilarga «Emireyts»ni tark etishiga ruxsat berdi. Ularni imkon qadar tez va muammosiz ketishi uchun futbolchilar bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi.

Bunga sabab sifatida esa Arteta tez-tez o‘zining vazifasi «Arsenal»ni besh yillik tanaffusdan so‘ng Chempionlar ligasiga qaytarish ekanligini ta’kidlagan va u bu qarori uchun ba’zi muxlislar tomonidan tanqid qilingan. Yaqinda undan Roman Abramovich so‘nggi yillarda Londondagi asosiy raqibi «Chelsi»ga qancha pul sarflagani haqida so‘rashgan va uning javobi quyidagicha bo‘ldi: «Bizning xo‘jayinimiz (Sten Kronke) bor, u ko‘p yillardan beri klubga sarmoya kiritmoqda. Bizning asosiy vazifamiz - jamoani, klubni va tarkibni yaxshilay olish edi. Biz o‘zimizdagi o‘yinchilar sonini, xodimlarimizni tartibga solishimiz va barqaror o‘yin ko‘rsatishimiz uchun jamoada tozalash ishlarini olib borishimiz kerak edi. So‘nggi bir necha yil davomida biz buni amalga oshira oldik deb o‘ylayman».

Hozirda biz Artetaning qarori qanchalik to‘g‘ri ekanliga guvoh bo‘lmoqdamiz va agar «kanonirlar» mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlasa, mutaxassisning g‘oyasi o‘zini oqlaganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 11:49, 10.03.2022.
O'qildi: 3775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.