Joau Feliks «Atletiko Madrid»ning so‘nggi o‘yinlarida yuqori o‘yin ko‘rsatmoqda.
22 yoshli hujumkor yarim himoyachi La Liganing 28-turidan o‘rin olgan «Kadis»ga qarshi o‘yinda (2:1) 3-daqiqadayoq hisobni ochdi.
Portugaliyalik uchun bu klubi safidagi so‘nggi besh o‘yindagi beshinchi gol hisoblanadi. Bu orada u bitta golli uzatmani ham amalga oshirgan.