Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

APL. 4 o‘yindan beri mag‘lub bo'lib kelayotgan "Brayton" o‘z maydonida oxirgi 7 uchrashuvda g‘alaba qozongan "Liverpul"ni qabul qiladi

APL. 4 o‘yindan beri mag‘lub bo'lib kelayotgan "Brayton" o‘z maydonida oxirgi 7 uchrashuvda g‘alaba qozongan "Liverpul"ni qabul qiladi

Baho:
+ | -

Bugun Angliya Premyer-Ligasi 29-tur doirasida «Liverpul» «Brayton» klubi mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yinga qadar qiziqarli fakt va ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

«Liverpul» Angliya Premyer-Ligasida 1,998 ta gol urgan va ushbu musobaqada 2,000 lik marrani zabt etgan "Manchester Yunayted"dan keyin ikkinchi jamoa bo‘lishi mumkin. Ushbu gollarning 10 foizi hozirgi hujum juftligi - Muhammad Salah (114) va Sadio Mane (86) tomonidan kiritilgan.

Premyer-Liga doirasidagi «Liverpul»ga qarshi dastlabki 6 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan «Brayton» oxirgi uch bahsda «qizillar»ga yutqazmay kelmoqda (2 durang, 1 mag‘lubiyat).

«Liverpul» «Brayton» bilan so‘nggi 3 uchrashuvda g‘alaba qozona olmayotgan bo‘lsa ham, barcha musobaqalarda hech qachon «chag‘alaklar»ga qarshi ketma-ket 4 g‘alabasiz seriya qayd etmagan.

«Brayton» APLdagi oxirgi 4 bahsning barchasida mag‘lubiyatga uchradi. Ular oxirgi marta 2007 yilning aprel oyida qatorasiga 5 o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda jamoa Birinchi Liga ishtirokchisi edi.

Bahs rasmiylari

Mazkur o‘yin Mayk Din boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Unga qanotlartda Eddi Smart va Mark Skouls yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Saymon Huper ishlaydi. Styuart Atuell VAR uchun javobgar bo‘lsa, unga Sayn Messi-Ellis hamrohlik qiladi.

Taxminiy tarkiblar

«Brayton»: Sanchez, Veltman, Daffi, Dank, Kukurella, Alzate, Bissuma, Lempti, Moder, Trossard, Mupe.

«Liverpul»: Alisson, Arnold, Gomez, Matip, Robertson, Xenderson, Fabinyo, Keyta, Salah, Mane, Diaz.

 

Ushbu o‘yinda qatnasha olmaydigan futbolchilar

Mezbonlar tarkibida faqatgina Adam Vebster aniq maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘lgan. Jeremi Sartmiyento va Enok Mvepuda jarohat bo‘lsa-da, mersisaydliklarga qarshi bahs uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

Tiago «Inter» bilan o‘yinda qaytgan bo‘lsa ham bugungi bahs uchun qatnashishi so‘roq ostida turibdi. Shuningdek, Virjil van Deyk hamda Ibrahima Konate ham jamoaga yordam bera olishmaydi. Roberto Firmino ham mashg‘ulotlarga kirishgan, ammo to‘liq tayyor bo‘lishi noma’lum.

 

Ma’lumotlar

«Liverpul» Premyer-Ligadagi so‘nggi 7 uchrashuvning barchasida g‘alabaga erishdi.

«Brayton» esa oxirgi 4 APL o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchradi.

«Liverpul» Angliya chempionatidagi so‘nggi 7 bahsning beshtasida darvozadan to‘p olib chiqmadi.

«Liverpul» barcha musobaqalarda «Brayton»ga qarshi oxirgi 11 uchrashuvning 10tasida mag‘lub bo‘lmagan.

Hozirda mersisaydliklar 63 ochko bilan musobaqa jadvalining ikkinchi o‘rnida borishmoqda. «Brayton» hisobida esa 33 ochko bor va klub 13-pog‘onani band etgan.

Tomonlar APL doirasida o‘zaro jami 9 o‘yinda maydonga tushishgan va shulardan oltitasida «Liverpul» g‘alaba qozongan. Bir o‘yinda «Brayton»ning qo‘li baland kelgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:10, 12.03.2022.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик