Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Demba Ba qiyofasi yodingizdami?

Demba Ba qiyofasi yodingizdami?

Baho:
+ | -

Hujumchi Demba Ba esingizdami, uning qiyofasi-chi? 36 yoshli senegallik o‘tgan yilning sentyabr oyida futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. To‘g‘ri, u millionlar o‘yinidan butunlay uzoqlashgani yo‘q. Deylik, televideniyeda soha eksperti sifatida ish boshladi. E’tiborli tomoni, Ba ilk chiqishidayoq tomoshabinlarni hayratga soldi. Yo‘q, noyob tahliliy xulosalari emas, balki yangi imidji bilan. Demba Ba butun faoliyati davomida taqirbosh edi, endi unda nafis soch turmagi bor. Chindan ham, mutlaqo o‘zgacha ko‘rinish. Aytishlaricha, Demba chamasi 1 yilcha oldin sochini o‘stirishga qaror qilgan. Sports.ru sayti vakillari Demba Ba imidjidagi keskin o‘zgarishdan hayratlanib, uning futboldagi yo‘lini eslatishni joiz bilishdi. Avvalo, aytish kerak, senegallik hujumchi oxirgi 10 yillikning birinchi yarmida APL maydonlarida yorqin nur sochdi. Umuman, uning faoliyat yo‘li ancha qiziqarli. Deylik, Angliyadan tashqari, Germaniyada ham chakki taassurot qoldirmadi, butsalarini mixga ilganidan keyin esa uni «Loko» tizimiga chorlashgani xususida gaplar chiqdi.

*** 2007 yili Belgiyaning «notanish» klubi «Mukron» 22 yoshli hujumchini Germaniyaga qo‘yib yubordi - senegallik baquvvat yigit o‘z o‘yini bilan «Xoffenxaym»ning o‘sha vaqt­dagi bosh murabbiyi Ralf Rangnik nazariga tushgandi. Muhimi, Demba yangi muhitga tezda moslashdi va kamtarin klubni boshqa «oddiy» yulduzchalar bilan birga yuqoriga sudradi. Ya’ni senegallik hujumchi Chineda Obasi, Luis Gustavo, Seyad Salixovich, Karlos Eduardo va Vedad Ibishevich qatori keng jamoatchilikka tanildi.

*** Demba yana 4 yildan so‘ng Angliya futboliga yuzlandi. Aniqroq aytsak, Bundesligada bor salohiyatini namoyish etgan hujumchi 2011 yilning yanvarida «Vest Xem» bilan shartnoma tuzdi. Biroq London klubi o‘sha mavsum APLdan tushib ketdi va Demba «Nyukasl» taklifini qabul qildi. Asosiysi, «hakkalar» hujumida Papiss Sisse bilan ajoyib juftlik tashkil etib, APL tarixiga kirdi.

*** Gol urishdan to‘xtamagan Demba 2013 yilning yanvarida «Chelsi» safiga qo‘shildi, ammo «Stemford Brij»da o‘z o‘rnini topolmadi. Shunga qaramay, «aristokratlar» tarixida ham yorqin iz qoldirdi, baribir: Stiven Jerrard sirpanib ketganidan keyin «Liverpul» darvozasiga o‘ta qiymati baland golni urdi. Aslida Baning o‘zi dastlab o‘sha goli qadrini uncha anglamagan: «Ochig‘i, boshida qanday golga mualliflik qilganimni bilmagandim. Oradan bir necha yil o‘tgach ham odamlar o‘sha gol haqida gapirishayotganini eshitganimdan keyin uning bahosi ancha baland ekanligini tushundim. Ular hamon o‘sha golni eslatishadi!»

*** Senegallik hujumchi «Chelsi»dagi davrdan keyin pul g‘amlash maqsadida navbati bilan Turkiya va Xitoyda o‘ynadi. Fao­liyatining oxi-rgi 3 mavsumida esa Istanbulda to‘p surib, bu orada irqchilikka doir mojaro markaziga ham tushdi. Hujumchi shundan so‘ng Shveysariyaga yo‘l oldi va «Lugano» tarkibida atigi 3 marta maydonga tushib, professional fut-boldan jimgina chetga chiqdi. «Ko‘ngil to‘la minnatdorchilik hissi bilan futbolchilik faoliyatim yakunlanganini e’lon qilaman. Qanday ajoyib va takrorlanmas sayohat! - deya chiroyli ohangda xayrlashdi Demba. - Ha, bu yo‘lda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirdim, lekin futbol meni ajoyib ehtiroslar bilan siyladi: muxlislar ishtiyoqi va mehri, har bir gol quvonchi, tribunalar shovqin-suroni, jamoadoshlar bilan maydon va uning tashqarisidagi munosabatlar... Barchasi qalbimda abadiy qoladi».

*** PariFoot au Senegal sayti 2021 yilning sentyabr oyida Ralf Rangnik sobiq shogirdini «Lokomotiv» sport direktori lavozimiga taklif qilayotgani haqida xabar berdi, ammo bu mish-mishligicha qoldi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:42, 13.03.2022.
O'qildi: 2192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.