Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Bahodir Jalolov: «Yaqinda hamma og‘ir vazn toifasining bo‘lajak chempioni ekanimni tushunib yetadi»

Bahodir Jalolov: «Yaqinda hamma og‘ir vazn toifasining bo‘lajak chempioni ekanimni tushunib yetadi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov (9-0, 9KO) navbatdagi jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Super og‘ir vazn toifasida hamma men haqimda tasavvurga ega va barchasi biladiki, cho‘qqiga chiqishim — bu vaqt masalasi, xolos.

Probellum va DiBella Entertainment orqali men imkon bo‘lishi bilan jahon chempioniga aylanaman. Ammo avvaliga Sokolovskini yengishim kerak. Yaqinda hamma super og‘ir vazn toifasining bo‘lajak chempioni ekanimni tushunib yetadi", — dedi Bahodir Jalolov.

O‘zbekistonlik bokschi prof ringdagi navbatdagi jangini 18 mart kuni o‘tkazadi. Dubayda bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida Jalolovga polshalik Kamil Sokolovski raqib bo‘ladi.

Avvalroq Jalolov Probellum promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Jalolov prof boksda umumiy hisobda 9 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. U so‘nggi jangini dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq nokaut bilan g‘alaba qozongandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:00, 13.03.2022.
O'qildi: 3041 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик