"PSJ" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Real" jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Janluiji Donnarummaning holati haqida gapirdi.
Italiyalik darvozabonning muvaffaqiyatsiz harakatlari Madrid klubini Chempionlar ligasi 1/8 finalida "PSJ" bilan o‘yinda hisobni tenglashtirishga olib keldi va yakunda parijliklar mag‘lubiyatga uchradi.
“Birinchi golga kelsak, bu darvozabonning emas, hakamning xatosi. Donnarumma - katta chempion, unda hammasi joyida. U ham xuddi o‘yinda qatnashmagan Navas kabi hafsalasi pir bo‘lgan. "Bordo"ga (3:0) qarshi o‘yin uchun Keylorni tanlashga Madriddagi voqealar ta’sir qilmadi", - dedi "PSJ" bosh murabbiyi.