Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Tuxel: "Yozgacha aniq "Chelsi"da qolaman"

Tuxel: "Yozgacha aniq "Chelsi"da qolaman"

Baho:
+ | -

Bosh murabbiy Tomas Tuxel yozgacha «Chelsi»ni tark etish niyatida emas.

“Mavsum oxirigacha qolishimga shubham yo‘q. Vaziyatni har kuni baholash kerak, chunki hamma narsa o‘zgarishi mumkin. Klub sotuvga qo‘yilgan va umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Shunday ekan, keling kundan-kunga oldinga intilaylik, umuman olganda bu hayotga yaxshi yondashuv.

Biz nazorat qila olmaydigan holatlar mavjud, ammo bu bizga nimani o‘zgartirishimiz mumkinligiga e’tibor qaratishimizga imkon beradi: jamoamizga, o‘yinchilarga va menga.

Ammo «Chelsi» shunchaki asosiy jamoa emas. Bu buyuk tarixga ega ulkan klub, bu yerda yuzlab odamlar ishlaydi, shuning uchun ham ko‘nglini cho‘ktirmaslikka va ularning chalg‘ishiga yordam berish kerak.

Biz klub bilan kechayotgan jarayonga ishonishimiz kerak. Biz taniqli insonlarmiz, chunki biz kamerada bayonot berishimiz mumkin, lekin biz bor-yo‘g‘i ishchimiz xolos.

Biz vaziyat uchun javobgar emasmiz, shuning uchun biz o‘z ishimiz bilan shug‘ullanamiz. Klubda men har kuni ko‘rib turgan va bu yerda o‘nlab yillardan beri ishlab kelayotgan, lekin unchalik mashhur bo‘lmagan juda ko‘p tashvishli odamlar bor. Ular kelajak haqida qayg‘uradilar. Demak, 90 daqiqalik o‘yin qanchalik muhimligini ko‘ramiz. Biz odamlarga quvonch keltirish uchun o‘ynaymiz”, - dedi Tuxel.

Kiritildi: 00:51, 14.03.2022.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.