"Gerta" rasmiy sayti jamoaga Feliks Magat bosh murabbiy etib tayinlangani haqida e’lon qildi.
68 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Magat 2017 yilning dekabrida Xitoyning “Shandun Luneng” klubidan iste’foga chiqarilganidan buyon murabbiylik qilmayotgan edi.