Berlinning «Gerta» klubiga yangi murabbiy tayinlandi. Xabarlarga ko‘ra, Feliks Magat klubni mavsum so‘ngiga qadar boshqardigan bo‘ldi. U oldinroq ishdan olingan Tayfun Korkutning o‘rnini egallashi belgilangan.
Ushbu o‘zgartirish «Gerta» uchun mavsumdagi uchinchisi bo‘ldi. O‘tgan yilning noyabr oyida Korkut Fredi Bobichni almashtirgan edi.