Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Usmon Dembele yangi klubi bilan kelishib oldi

Usmon Dembele yangi klubi bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

"PSJ" "Barselona" hujumchisi Usmon Dembele bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. RMC Sport xabariga ko‘ra, futbolchi yozda erkin agent sifatida fransuz klubiga o‘tadi.

Oldinroq “Barselona” Dembelega yiliga 8 million yevro maosh bilan 2024 yilgacha shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.

Joriy mavsumda Dembele “Barselona” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Qishki transfer oynasida Dembele PSJga o‘tishga yaqin qolgandi, ammo kelishuv so‘nggi daqiqada barbod bo‘ldi.

Kiritildi: 22:01, 14.03.2022.
O'qildi: 7780 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик