Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Benzema va Vinisius super natijalar qayd etishmoqda

Benzema va Vinisius super natijalar qayd etishmoqda

Baho:
+ | -

Karim Benzema va Vinisius Junior - La Liganing eng yaxshi to‘purarlari bo‘lib turibdi.

Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan “Malyorka”ga qarshi o‘yinda (3:0) Vinisius Benzemaning uzatmasidan so‘ng gol urdi. Bu braziliyalik futbolchining La Liganing joriy mavsumidagi 14-goli bo‘lib, u turnirning eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Iago Aspas, Raul de Tomas va Enes Unalni ortda qoldirdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shuningdek, 21 yoshli forvard musoboqa davomida 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Karim Benzema egallab turibdi. "Malyorka" bilan o‘yinda u penaltidan gol urdi.

Karim joriy mavsumda La Liganing 25 o‘yinida 21 gol va 11 golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 02:53, 15.03.2022.
O'qildi: 1737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик