Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Messi «cho‘qqisi»

Messi «cho‘qqisi»

Baho:
+ | -

Parijliklarning Madriddagi mag‘lubiyati, so‘ng, Fransiya chempionati navbatdagi turida Messi, Neymar kabi futbolchilarga qarata xushtakbozliklar, umuman aytish mumkinki, Messi o‘z faoliyatidagi eng yomon mavsumini o‘tkazmoqda va hatto uning "Barselona"ga qaytishni istayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Hozirgina «Futbol TV»dagi studiyada qiziq bahs bo‘ldi - mabodo Messi «Barselona»ga qaytsa, jamoaga foyda keltiradimi, yo‘qmi?

Albatta, maydonda uning o‘rni beqiyos, gollar uradi, boshqaradi, kuchaytiradi, ammo shu holatda hozir go‘yoki yaxshi yo‘lga tushib qolgan Xavi jamoasiga xalaqit bermasmikin...?

Shunaqaroq fikrlar ham yangradi va oldimizda Ronalduning «MYU»ga qaytish hikoyasi turibdi - portugaliyalik futbolchining qaytishi qaysidir ma’noda Sulsher loyihasini buzdi va yakunda murabbiy iste’fosi bilan tugadi. Misol judayam o‘rinli va hammasi yaqqol. To‘g‘ri.

Lekin boshqa fikr bor.

Gap shundaki, Ronalduning kelishi «MYU»dagi kutilmalarni bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib qo‘ydi. Ya’ni, «MYU» APL chempionligi uchun kurashishi, YECHLda favorit bo‘lishi kerak. Maqsad shunaqa bo‘lishi lozim. Sulsher endi mana shu plankaga mos kelmay qoldi va ketdi. Zero, oldingi mavsumlarda ham omadsiz davrlar yetarlicha bo‘lgan. Angliyada peshqadamdan 20 ochko ortda bo‘lsa-da, 2-o‘rinni olish, Yevropa Ligasi bo‘lsa-da, «Vilyareal»dan bo‘lsa-da, yutqazish «MYU» uchun kechirimli va hatto ijobiy holat sifatida baholanishi mumkin bo‘lib qolgandi.

Ronaldu keldi va masala ko‘ndalangroq qo‘yildi - bu jamoa barcha turnirlarda chempionlik uchun kurashishi shart. To‘g‘ri, hozir kurashmayapti, ahvol badtarroq, ammo kutilma o‘shanday turibdi, shuning uchun Sulsher iste’foga chiqdi, shuning uchun Rangnik ham ketadi.

Esingizdami, Portugaliya terma jamoasi tarkibidagi futbolchilar? Kuarejma, Pepe, Eder, Moutinyo... Bu futbolchilar Yevropa uchun o‘rtamiyona, Yevroda har qanday sovrin ham bemalol qanoatlantirishi mumkin bo‘lgan pallada «Oltin to‘p» uchun kurashib yurgan Ronaldu Portugalini chempion qilgandi. O‘yini bilandan ko‘proq, aynan jamoa darajasini, kutilmani bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib.

Messiga qaytamiz.

Ha, Xavining «Barselona»siga gap yo‘q. Juda chiroyli o‘ynayapti, ko‘p gollar uryapti. Ishonaman, bu jamoaga Messining qo‘shilishi qayerdadir zarar keltiradi, pressingni kamaytiradi, kimdirlar zaxirada qolib ketadi, qo‘shilaman.

«Arsenal», «Vulverhempton», «Lion», «Sevilya»larning sobiq futbolchilari La Ligada o‘sha «Sevilya»ni yoki «Betis»ni ta’qib qilishni yoki Yevropa Ligasida favorit bo‘lishni zo‘r eplab bermoqda. Qoyil. Ammo...

«Barselona» libosini kiyishning o‘zi katta bayram bo‘lgan bu ijrochilar indinga Chempionlar Ligasi yarimfinalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, yig‘lay olarmikinlar? Ularning cho‘qqisi «Barselona»ning yetakchi futbolchisi bo‘lib qolishdami? Yoki butun Yevropani zabt etolmaslik ularning ham boshini egishi mumkinmi?

Messi «Barselona»ga aynan shuni taqdim etadi. Qaytaradi. Boshqacha «Barselona» bizga kerak emas.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 08:22, 15.03.2022.
O'qildi: 6840 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.