Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

YECHL. Gol urishdan to‘xtamayotgan «Ayaks» o‘z maydonida «Benfika» klubini qabul qiladi

YECHL. Gol urishdan to‘xtamayotgan «Ayaks» o‘z maydonida «Benfika» klubini qabul qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Bugun Chempionlar Ligasi nimchorak final doirasidagi javob o‘yinlari o‘tkaziladi. Ulardan biri Amsterdamda «Ayaks» hamda «Benfika» jamoalari o‘rtasida kechadi.

Birinchi o‘yinda nima bo‘lgandi?

Jamoalarning Portugaliyada kechgan bahsida jangovar 2:2 hisobi qayd etilgan. Uchrashuvning 18-daqiqasida Dushan Tadich «Ayaks»ni oldinga olib chiqqan va oradan 8 daqiqa o‘tib, Allening avtogoli muvozanat tiklanishiga sabab bo‘lgandi. Fransiyalik hujumchi 3 daqiqadan so‘ng raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, o‘z aybini yuvadi va jamoasini oldinga olib chiqadi. Ikkinchi bo‘limda Roman Yaremchekning 72-daqiqada kiritgan golidan keyin tablodagi hisob 2:2 ko‘rinishiga keladi va uchrashuv mazkur hisobda o‘z yakuniga yetgandi.

 

Jamoalarning taxminiy tarkiblari

«Ayaks»: Onana, Rensh, Shyurs, Martines, Blind, Edson Alvares, Berguys, Gravenberx, Antoni, Alle, Tadich

«Benfika»: Vlaxodimos, Jilberto, Otamendi, Vertongen, Grimaldo, Vaygl, Taarabt, Everton, Gonsalu Ramos, Rafa Silva, Darvin Nunes.

Uchrashuvdan oldin ikkala jamoa bosh murabbiylari hamda joriy mavsum YECHLning 7 o‘yinida 11 gol kiritggan Sebastyen Allening fikrlarini taqdim etamiz.

«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag: "1 yanvardan beri Niderlandiyadagi eng yaxshi o‘yin namoyish etayotgan jamoamiz. Biz «Alkmaar»ni o‘z uyida mag‘lub etdik va «Benfika»ga safar o‘yinida ham yaxshi natija qayd etdik. Biz o‘yinimizni yana bir necha foizga yaxshilasak, «Benfika»ni mag‘lub etishimizga ishonaman.

Gollarimizdan kelib chiqsak, bu yilgi Chempionlar Ligasidagi sayohatimiz omadli bo‘lganini aytish mumkin. Ammo, sportchi sifatida maksimal natijaga erishishni istaymiz. Oldimizda bajarish kerak bo‘lgan yana bir chaqiriq turibdi. Imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz. Bu «Benfika»ni mag‘lub etishdan boshlanadi".

«Ayaks» hujumchisi Sebastyen Alle: "Portugaliya jamoalari futbol o‘ynashni va hujum qilishni yoqtirishini hamma biladi. Bu tomondan ular «Ayaks»ga o‘xshash. Bu jamoalar ikkita mamlakatning grand klublari hisoblanishadi va bir xil usulda o‘yin namoyish etishadi. Bu o‘yinda ishtirok etish va tomosha qilish zo‘r hissiyotlarni beradi".

«Benfika» ustozi Nelson Verissimo: «Ayaks»dek qiyin raqib to‘sig‘idan o‘tib olishimiz uchun yuqori darajada bo‘lishimiz kerak. Ammo, birinchi o‘yin oldidan aytib o‘tganimdek, ushbu qarama-qarshilikda imkoniyatlar teng. Biz bunga ishonamiz. «Ayaks» bizni hurmat qiladi, biz ularni hurmat qilamiz. Bu o‘yinda zaif nuqtalar qayerda ekanligi, hududlardan qanday foydalanish kerakligini aniqlaymiz, xuddi mushuk-sichqon o‘yini kabi bo‘ladi".

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan bugun tunda (01:00) o'tkaziladi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 12:18, 15.03.2022.
O'qildi: 1415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.