Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. «Metallurg» – «Surxon». Prevyu

Superliga. «Metallurg» – «Surxon». Prevyu

Baho:
+ | -

«Metallurg» va «Surxon» jamoalari shu paytgacha Superliga (Oliy liga) doirasida 20 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, ustunlik poytaxt viloyati vakillari tomonida. Bekobodliklar 9 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 7 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 4 bahsda termizliklar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga – 23:17. Ushbu o‘yinlarda poytaxt viloyati vakillari 34, surxondaryoliklar esa 19 ochkolik bo‘lishgan.

Bekobodda kechgan 10 uchrashuvda “Metallurg” katta ustunlikka ega. Maydon egalari 8 ta o‘yinda raqiblarini taslim etgan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. Yana 1 ta uchrashuvda omad “Surxon” jamoasiga kulib boqqan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 15:4, “Metallurg” foydasiga.

"Metallurg" - "Surxon" jamoalarining Bekobodda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar natijalari:

07.08.2021  “Metallurg” – “Surxon” – 0:1
29.11.2020  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
30.11.2019  “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
18.09.2004  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
23.08.2003  “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
02.11.2002  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
13.03.2001  “Metallurg” – “Surxon” – 2:1
06.08.2000  “Metallurg” – “Surxon” – 2:1
06.11.1999  “Metallurg” – “Surxon” – 1:1
23.09.1998  “Metallurg” – “Surxon” – 3:0

“Surxon” haqida

“Surxon” jamoasiga 1968 yilda asos solingan. Dastlabki yili “Chegarachi” nomi bilan qatnashgan klub keyingi to‘rt mavsumda “Avtomobilist” nomini oldi. 1974 yilgi musobaqada “Spartak” nomida qatnashgan termizliklar keyin yana to‘qqiz mavsum – 1975-1983 yillar davomida “Avtomobilist” nomiga murojaat etishgan. 1984-1993 yillarda “Surxon”, 1994-1996 yillarda ASK, 1997-2008 yillarda “Surxon”, 2009-2010 yillarda “Dinamo-Hisor”, 2010-2011 yillarda “Termiz” nomlari ostida musobaqalarda ishtirok etib keldi. 2012 yildan jamoa yana o‘zining qadrdon nomi – “Surxon”ni tikladi va bugungi kunga qadar ushbu nom ostida o‘ynab kelmoqda.

Jamoa kuchlilar safida bugunga qadar 454ta o‘yin o‘tkazgan. Termizliklar mazkur o‘yinlarning 130tasida g‘alaba qozongan, 81ta o‘yinda durang o‘ynagan, 243ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 522:848.

“Surxon”ning elitadagi eng yirik g‘alabasi – 8:0 (“Afrosiyob”, 1997 yil), eng yirik mag‘lubiyati – 0:10 (“So‘g‘diyona”, 1992).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:43, 15.03.2022.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.