Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. "Manchester Yunayted"ning ispan jamoalariga qarshi statistikasi yaxshi emas

YECHL. "Manchester Yunayted"ning ispan jamoalariga qarshi statistikasi yaxshi emas

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar Ligasi chorak final yo‘llanmasi uchun «MYU» va «Atletiko» jamoalari kurash olib borishadi.

Bunga qadar bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Jamoalarning oldingi o‘zaro uchrashuvlari

"Manchester Yunayted" hamda «Atletiko» klublari Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida joriy mavsumga qadar bir marotaba ham to‘qnash kelishmagan. Ularning ilk o‘yini 23 fevral kuni Madridda o‘tkazildi va 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Bahsning 7-daqiqasida Joao Feliks «matraschilar»ni oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 80-daqiqasiga qadar shu hisob saqlanib qoldi va manchesterliklarning yosh iqtidorlaridan biri Elanganing goli hisob tenglashishiga olib keldi. Shu tariqa, jamoalarning birinchi o‘yinida g‘olib nomi aniqlanmadi.

Elanganing goli «MYU»ning Chempionlar Ligasi guruh va pley-off bosqichlarida kiritgan 400-goli sifatida tarixga kirdi. «Atletiko»dan o‘tkazib yuborilgan gol esa manchesterliklar uchun 100-gol sifatida qayd etildi.

Tomonlar oldin UYEFA Kubok Egalari Kubogi nomi ostida o‘tkazilgan musobaqada ikki bor to‘qnash kelishgan. 1991 yilda o‘tkazilgan uchrashuvlarda «Atletiko» umumiy 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Dastlab 23 oktyabrda Madridda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar Futrening dubli va Manoloning goli evaziga 3:0 hisobi bilan g‘alabaga erishishgan. Oradan ikki hafta o‘tib o‘tkazilgan "Old Trafford"dagi o‘yinda 1:1 natijasi kuzatilgan. Bellashuvda Xyusning goliga Shuster javob qaytargan.

Umuman olganda, "Manchester Yunayted"ning ispan jamoalariga qarshi umumiy natijalari qoniqarli emas. Rasmiy o‘yinlarda "qizil iblislar" Ispaniya klublariga qarshi jami 65 o‘yinda maydonga tushgan va 18 bor g‘alaba qozongan (25 durang, 22 mag‘lubiyat).

«Atletiko»da esa ko‘rsatkichlar ijobiy. Madridliklar rasmiy bahslarda Angliya klublariga qarshi umumiy 36 o‘yin o‘tkazgan va 13 tadan g‘alaba hamda durang qayd etgan (10 mag‘lubiyat).

Jamoalarning bugungi uchrashuv uchun taxminiy tarkiblari quyidagicha:

"Manchester Yunayted": De Xea, Van-Bissaka, Maguayr, Varan, Shou, Fred, MakTominey, Elanga, Brunu Fernandesh, Sancho, Ronaldu.

«Atletiko»: Oblak, Savich, Ximenes, Reinildo, Lyorente, Errera, Koke, De Paul, Lodi, Joao Feliks, Grizmann.

Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, safardagi gol hech qanday ahamiyatga emas.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 19:03, 15.03.2022.
O'qildi: 2460 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.