Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Modrich Brozovichni "Real"ga olib o‘tishga harakat qilganini bilasizmi?

Modrich Brozovichni "Real"ga olib o‘tishga harakat qilganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

«Inter» yarim himoyachisi Marselo Brozovich «Real» taklifini rad etdi. 29 yoshli xorvatiyalik futbolchi Italiyada qolishga va "Inter" klubi bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qildi, deb xabar beradi Tuttosport.

Madrid klubi nafaqat futbolchi bilan bevosita muzokara olib bordi, balki o‘z yarim himoyachisi Luka Modrichni ham bog‘ladi. Xorvatiya terma jamoasi sardori vatandoshini «qaymoqranglilar»ning taklifini qabul qilishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi.

Brozovichning «Inter» bilan yangi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Yarim himoyachi yangi kelishuvga ko‘ra yiliga 6 million yevro ishlab oladi.

Marselo Brozovich joriy mavsumda «neradzurrilar» safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 19:39, 16.03.2022.
O'qildi: 1600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик