Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Temur Kapadze: “Olimpik” g‘alabaga loyiq edi. Biz ikki ochko yo‘qotdik“

Temur Kapadze: “Olimpik” g‘alabaga loyiq edi. Biz ikki ochko yo‘qotdik“

Baho:
+ | -

Superliganing uchinchi turidan o‘rin olgan “Olimpik" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so‘ng "olimpiyachilar" bosh murabbiyi Temur Kapadze fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin qiziqarli bo‘ldi deb o‘ylayman. ”Paxtakor“ bilan durang o‘ynash bizning yigitlar uchun g‘alabaga teng natija. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Shogirdlarimning yoshligi ba’zi vaziyatlarda pand berdi, ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Lekin bu o‘sishga xizmat qiladi. Kelgusi safar shunday vaziyatlarda yaxshiroq harakat qilishadi. Umuman olganda, o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibni ham o‘rgandik. Yomg‘ir tufayli mashg‘ulot o‘tkazishda biroz qiyinchilikga duch keldik. Menimcha, o‘yin ko‘ngildagidek o‘tdi.

— Jamoa ”Paxtakor“ hujumlarini ancha oldinda kutib oldi. Bu raqib uchun tayyorlangan kombinasiya edimi?

— Biz ”Paxtakor“ o‘yinchilarini yaxshi bilamiz, barchasi kuchli futbolchilar. Agar ularga qarshi pressing uyushtirmasak, bundan unumli foydalanishardi. Shu bois bu borada puxta tayyorlandik. Amalda bu reja o‘zini oqladi. Keyinchalik ”Paxtakor“ uzatmalar amalga oshirishni boshladi. Qarama-qarshi masofadagi uzatmalar bizga murakkablik tug‘dirdi. ”Paxtakor“ning hozirgi o‘yin uslubi o‘zgargan. Ularning so‘nggi ikki-uch o‘yinini ko‘rdim, uslub o‘zgacha, uzatmalar soni ko‘paygan. Avval nazorat, kombinasiyalar orqali o‘yin tashkillashtirilgan bo‘lsa, hozirda yangi murabbiyning talablari farq qiladi.

O‘yin davomida qanot hakamiga o‘z e’tirozlaringizni bildirdingiz. Qanday masala yuzasidan shikoyat qildingiz?

— Birinchi navbatda, kichik qoidabuzarliklar yuzasidan e’tirozim bor edi. Balki hakamning qarori to‘g‘ridir, bu vaziyatlarni takror ko‘rgach, xulosaga kelish mumkin. Bu o‘yin davomida hissiyotlarga berilish, bu tabiiy hol. Hakam qancha kam xato qilsa, uning shu darajada kuchli ekanlligini anglatadi. Menimcha, ularda ham o‘sish bor.

— ”Olimpik“ jamoasi ba’zi vaziyatlarda keraksiz qo‘polliklar ishlatishdi...

— Maydonda kurash ketayotganda bunday holatlar bo‘lishi mumkin. Lekin atayin maydonga shu niyatda chiqqan deb o‘ylamayman. To‘p uchun kurashda bunday holatlar bo‘lishi tabiiy.

Bugun ”Olimpik“ ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochko ishladimi?

— Mening nazarimda, ikki ochko yo‘qotdik. Balki durang natija adolatlidir, bizda yaxshi imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. Ulardan foydalanishda esa oqsayapmiz. Bu boshqa o‘yinlarda ham sezilyapti. Tajribali o‘yinchilarimiz bo‘lganda, bundan imkoniyatlardan foydalanishardi. Biroq yoshlardan hamma vaziyatni golga aylantirishlaring kerak deya talab qilolmayman. Shu kabi o‘yinlar orqali ular tajriba orttiradi. O‘yin jihatdan oladigan bo‘lsak, g‘alabaga loyiq edik.

— ”Olimpik" futbolchisiga ko‘rsatilgan qizil kartochka haqida fikr bildirsangiz...

— Bizga ham shunday tuyuldi. VARda ko‘rishdi vaziyatni. Bizning futbolchi yelka bilan o‘ynagani sababli Turg‘unboyev muvozanatni yo‘qotdi. Futbolda qandaydir qonunlar bor, shu bois shogirdim. qizil kartochka bilan jazolandi.

Manba: "Олимпик" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:04, 16.03.2022.
O'qildi: 1084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.