Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

YECHL. Angliya va Ispaniyadan uchta, Italiya va Fransiyadan esa klub qolmadi

YECHL. Angliya va Ispaniyadan uchta, Italiya va Fransiyadan esa klub qolmadi

Baho:
+ | -

 

Xabaringiz bor, kecha Chempionlar Ligasi-2021/2022 nimchorak final javob bahslari doirasida eng so‘nggi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Nimchorak finaldan keyin o‘z yurishini to‘xtatgan jamoalar bilan tanishing: «Manchester Yunayted», «PSJ», «Yuventus», «Ayaks», «Zalsburg», «Inter», «Lill», «Sporting».

«MYU» va «PSJ» jamoalarini Madrid klublari musobaqadan chiqarib yuborishdi. Yurgen Klopp jamoasi «Inter»ni to‘xtatdi. Ko‘pchilik «Ayaks»ni chorak finalda kutgandi, ammo amsterdamliklar «Benfika» to‘sig‘idan o‘ta olishmadi.

Kutilmaganda «Yuventus» Turinda yirik 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi hamda musobaqadan chiqib ketdi. Musobaqaning amaldagi chempionlari joriy mavsum Fransiya sharafini himoya qilayotgan so‘nggi klub - «Lill»ni mag‘lub etgan holda chorak finalga yo‘l oldi.

Endi ertaga, 18 mart kuni Shveysariyaning «Nyon» shahrida chorak final hamda yarim final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Bunga qadar chorak finalga qaysi mamlakat klublari yetib kelganiga to‘xtalib o‘tamiz.

 

Chorak final ishtirokchilari:

«Atletiko», «Bavariya», «Benfika», «Chelsi», «Liverpul», "Manchester Siti", Real Madrid", «Vilyarreal».

3 ta Angliya, Ispaniya

1 ta Germaniya, Portugaliya.

Mazkur mavsumda Angliya va Ispaniyaning uchtadan klublari yarim final bosqichi uchun kurash olib borishadi. Germaniya va Portugaliya sharafini mos ravishda «Bavariya» va «Benfika» klublari himoya qilishadi.

O‘tgan mavsumga taqqoslaydigan bo‘lsak, Ispaniya klublari ikkitaga ko‘payganini ko‘rish mumkin. Italiya jamoalari qatorasiga ikkinchi mavsum ham chorak finalga chiqa olishmadi. Bu mavsum chorak finalda Fransiya sharafini himoya qiladigan klub qolmadi.

Chorak final ishtirokchilari (2020/2021)

«Borussiya Dortmund», «Bavariya», «Portu», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Real Madrid», «PSJ»

3 ta Angliya

2 ta Germaniya

1 ta Fransiya, Ispaniya, Portugaliya

Qatorasiga ikki mavsum Portugaliya klublari chorak finalga chiqishni uddasidan chiqishmoqda.

O‘tgan mavsumga nisbatan solishtirilsa, «Liverpul», "Manchester Siti", «Chelsi», "Real Madrid" va «Bavariya» o‘z o‘rnida. «PSJ» va "Borussiya Dortmund" o‘rnini esa «Atletiko» va «Vilyarreal» klublari egallashgan. Bu safar Portugaliya sharafini «Benfika» himoya qiladigan bo‘ldi.

Joriy mavsum Ispaniya va Angliya klublari Yevropa Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli qatnashishayotganini aytib o‘tish kerak. Yulduzli tarkibga ega parijliklar esa nimchorak finaldayoq musobaqani tark etishga majbur bo‘lishdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:25, 17.03.2022.
O'qildi: 5240 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.