Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Shuhrat Maqsudov: “Yigitlarda ishtiyoq yuqori”

Shuhrat Maqsudov: “Yigitlarda ishtiyoq yuqori”

Baho:
+ | -

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Avvalo xalqimizni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman! Yurtimizga ko‘z tegmasin! Shuningdek, bugungi g‘alaba uchun futbolchilarimga, butun bellashuvni bevosita stadionda tomosha qilib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan klubimiz prezidenti Mehriddin aka Abdullayevga hamda muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman!

Superliganing dastlabki ikki turida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsakda, g‘alaba qozona olmagan edik. Yaxshi o‘yinlarimiz uchun futbolchilarimning harakatlaridan qoniqish hosil qilgandim. Bugun yigitlar ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishdi. Albatta, xatolar bo‘ldi, busiz iloji yo‘q. Ishlamagan insongina xato qilmaydi. Asosiysi, xatolardan xulosa chiqarish. “Lokomotiv” jamoasiga kelgusi o‘yinlarda omad tilayman!

Yigitlarda ishtiyoq yuqori. Tarkibimiz yosh, akademiya tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Shu bois bosim bo‘lishi tabiiy. Tanaffusda yigitlarga kerakli ko‘rsatmalarni berdik. Ikkinchi bo‘limda o‘z uslubimizda o‘ynadik. Natija yaxshi bo‘ldi. Biroq futbol 90 daqiqa davom etadi. Xotirjamlikka berilish oqibatida gol o‘tkazib yubordik. O‘yindan o‘yinga rivojlanamiz, degan umiddaman. 

Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:35, 18.03.2022.
O'qildi: 1451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик