Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi.
34 yoshli futbolchi boldiridan olgan jarohatidan keyin “klasiko”gacha tiklanishga ulgurmaydi.
Qolaversa, hujumchi Fransiya terma jamoasining Kot-dIvuar va JAR bilan bo‘ladigan o‘yinlarida ham maydonga tushmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema La Liganing 28-turi doirasida "Malyorka"ga qarshi o‘yin (3:0) yakunida jarohat olgan edi.