Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ko‘ngilsizlikdan ta’sirli voqea

Ko‘ngilsizlikdan ta’sirli voqea

Baho:
+ | -

Meksikaning Keretaro shahrida joylashgan «Korrexidora» stadionida mahalliy «Gallos» va «Atlas» klublari muxlislari o‘rtasida yuz bergan ommaviy mushtlashuv - fojia ta’sirli voqealarni ham keltirib chiqardi. Masalan, bir bolakayning raqib jamoa muxlisi hayotini saqlab qolish ilinjida o‘z futbolkasini unga tortiq etgani eng bag‘ritosh odamni ham o‘ylantirib qo‘yishi tayin.

Ta’sirli voqea tafsiloti

Martin Kastelyanos Vilyalobos - Meksika ligasi doirasidagi o‘yinni ko‘rish uchun Keretaro shahriga yo‘l olgan va uchrashuvning ikkinchi yarmida ikki tomon fanatlari o‘rtasida yuzaga kelgan shafqatsiz mushtlashuvda ishtirok etgan «Atlas» tarafdorlaridan biri. Martin mahbubasini qutqarish ilinjida stadiondan chiqib ketishga astoydil uringan pallada unga Adolfo ismli bolakay yordam berdi. Oddiy aytganda, yosh muxlis mehmonga o‘z egnidagi «Gallos» futbolkasini yechib berdi. «Atlas» fanati shu tariqa quturgan olomon ichidan omon chiqib oldi. Keyinchalik Adolfo ota-onasi bilan birga Martin va mahbubasini avtomobilga chiqib olishlarigacha kuzatib qo‘ydi.

Ijtimoiy tarmoqlar or­qali qidiruv

Martin Kastelyanos ortga qaytgach, ijtimoiy tarmoq orqali o‘sha bolakayni qidirishga tushdi. Tabiiyki, u bunda o‘z qutqaruvchisiga minnatdorchilik yo‘llashni maqsad qilgandi. «Bu xabarni yuzimizdagi umidsizlikni ko‘rib, menga o‘z futbolkasini bergan qahramon bolakay va uning ota-onasiga yo‘llayapman. Ular bizning stadiondan omon chiqib olishimizga katta yordam berishdi. Hayotimizni saqlab qolgan kishilarga minnatdorchilik bildirish uchun munosib so‘z topolmayapman...», - deb yozdi «Atlas» muxlisi.

Adolfoga minnatdorchilik

Martin yo‘llagan xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tar­qaldi va u Adolfoni tezda topdi. Shu tariqa bolakayga dramatik voqealar jarayonida ko‘rsatgan insoniylik yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. «Yozgan xabarim samara berdi! ADOLFO ism­li qahramon bolakayni topib, unga o‘z futbolkasini berib, hayotimni saqlab qolgani uchun rahmat aytmoqchi edim. Takror aytaman, Adolfo va uning ota-onasidan abadiy minnatdormiz», - deb yozdi Kastelyanos «Feysbuk»da qoldirgan ikkinchi postida.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 06:32, 20.03.2022.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.