Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

APL. Keyn "Vest Xem"ga qarshi o‘yinlarda sermahsullik namoyish etmoqda

APL. Keyn "Vest Xem"ga qarshi o‘yinlarda sermahsullik namoyish etmoqda

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 30-tur doirasida «Tottenxem» va "Vest Xem" klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkaziladi.

Mazkur London derbisidan oldin qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

Xarri Keyn «Tottenxem» tarkibida APL doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi oxirgi 6 uy o‘yinida 8 gol urishga erishgan va bu uning bir raqib darvozasiga APLning uy o‘yinida eng ko‘p gol kiritgan jamoasi sanaladi.

«Shporlar» "Vest Xem"ga qarshi oxirgi 19 Premyer-Liga uy uchrashuvida ikki marotaba mag‘lubiyatga uchrashgan (10 g‘alaba, 7 durang). Ushbu mag‘lubiyatlar 2013 yilning oktyabr (0:3) hamda 2019 yilning aprel oylarida (0:1) kuzatilgandi.

«Bolg‘achilar» oxirgi 2 APL o‘yinida «shporlar» ustidan g‘alaba qozonishgan bo‘lsa-da, ushbu g‘alabalar uy uchrashuvlarida qo‘lga kiritilgan.

Pablo Fornalsning "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba keltirgan goli futbolchi uchun musobaqadagi 6-aniq zarba hisoblanadi. Bu uning APLdagi faoliyati davomidagi eng sermahsul mavsumi sifatida e’tirof etish kerak.

O‘yin Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar jamoasiga ishonib topshirilgan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Entoni Teylor

Qanot hakamlari: Geri Besvik, Adam Nunn

Zaxira hakami: Devid Kyut

VAR: Pol Tirni

VAR yordamchisi: Xarri Lennard

 

Angliya Premyer-Ligasi doirasida tomonlar o‘zaro 51 marta to‘qnashishgan va 24 uchrashuvda «shporlar» uch ochkono qo‘lga kiritgan. 17 bahsda "Vest Xem"ning qo‘li baland kelgan. 10 bellashuvda murosa ko‘chasi tanlangan.

Oxirgi 5 uchrashuv

Yakshanba, 24 oktyabr 2021 yil

"Vest Xem" 1-0 «Tottenxem»

 

Yakshanba, 21 fevral 2021 yil

"Vest Xem" 2-1 «Tottenxem»

 

Yakshanba, 18 oktyabr 2020 yil

«Tottenxem» 3-3 "Vest Xem"

 

Seshanba, 23 iyun 2020 yil

«Tottenxem» 2-0 "Vest Xem"

 

Shanba, 23 noyabr 2019 yil

"Vest Xem" 2-3 «Tottenxem»

 

Ayni paytda jamoalar 6 hamda 7-o‘rinda borishmoqda. To‘plar nisbatiga ko‘ra "Vest Xem" hamshahridan bir o‘rin yuqorida joylashgan. Ikkala jamoa hisobida 48 ochko mavjud.

Joriy mavsum APLda «Tottenxem» 11, "Vest Xem" 7 uchrashuvda gol o‘tkazib yubormagan.

Ikkala jamoa a’zolari orasida Xarri Keyn to‘purar hisoblanadi. Angliyalik hujumchi joriy mavsum o‘z hisobiga 12 gol yozdirib qo‘ygan. "Vest Xem" vakili Jarrod Bouen 8 assist bilan eng yaxshi assistent bo‘lib turibdi.

Taxminiy tarkiblar

«Tottenxem»: Lyoris, Romero, Dayer, Devis, Doerti, Regilon, Bentankur, Xoyberg, Kulusevski, Son, Keyn

"Vest Xem": Fabianski, Jonson, Douson, Zuma, Kresvell, Souchek, Rays, Yarmolenko, Lansini, Fornals, Antonio.

Mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:27, 20.03.2022.
O'qildi: 1676 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.