Diogu Jota joriy mavsumda “Liverpul” safidagi 19-golini urdi.
Portugaliyalik hujumchi Angliya kubogi chorak finalidagi "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda "Liverpul"ga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.
Bu orqali Jota joriy mavsumda top-5'ligada harakat qilayotgan portugaliyalik futbolchilar orasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.
U 18 ta gol urgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.