Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Davron Fayziyev: «Klasiko» «Real»ning o‘zgarishlarga muhtoj ekanini ochib berdi»

Davron Fayziyev: «Klasiko» «Real»ning o‘zgarishlarga muhtoj ekanini ochib berdi»

Baho:
+1 | -

«Barselona» klasikodagi g‘alabani juda emosional nishonladi. Bu hatto «Real» bilan o‘zaro raqobat yoki alamzadalik oqibati emas. Ushbu g‘alaba «Barsa» uchun chuqur inqirozdan chiqish ramziga aylandi. Bundan avvalgi 4 ta golli g‘alabalar bir tomon, chinakam xavfli opponent ustidan dominant g‘alaba umuman boshqacha ta’sir qildi. Pike bekorga yozmadi, «Barselona» qaytdi, shu kuni endi aniq qaytdi.

«Madrid» katta ehtimol o‘z titulini oladi, bu uchrashuv esa jamoa hamon o‘zgarishlarga muhtoj ekanini ochib berdi. Modrich doim torta olmaydi, Benzema ham odam va jarohat olishi mumkin. Tarkib ekstremal vaziyatlarga to‘liq tayyor emas, transferlar zarur, faqat Mbappe-Xolandlarmas, pozisiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlar. 1-2 gol Peresga ta’sir qilmasdi va jadvalni ko‘rsatib qo‘yaverardi. 4 tadan keyin muxlislar talab qilishga haqli.

Kuchli «Barselona»ga qarshi kuchli «Real Madrid» kerak va aksi, toki millionlarning futbolga qizishiga sabab bo‘ladigan raqobatli «klasiko»lar qaytsin.

Davron Fayziyev.

 

 

 

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 12:00, 21.03.2022.
O'qildi: 4437 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик