Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Legionerlarimizda nima gaplar: Har tomondan gollar sadosi

Legionerlarimizda nima gaplar: Har tomondan gollar sadosi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik legionerlarning o‘tgan haftadagi faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Rossiya. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev «Spartak»ka qarshi o‘yinda «Nijniy Novgorod»ni mag‘lubiyatdan qut­qarib qolgan gol muallifiga aylandi. RPL 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvda to‘liq vaqt harakatlangan hamyurtimiz 73-daqiqada moskvaliklar darvozasini nishonga olib, hisobni 1:1ga aylantirdi. Yakunda whoscored aynan Ibrohimxalilni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etdi - 7,6 ball. «Ufa» - «Krasnodar» o‘yini ham 1:1 hisobida yakunlandi. Mezbon jamoa yarim himoyachisi Oston O‘runov maydonga 60-daqiqada tushdi.

Belarus. Mamlakat chempionati «Energetik-BGU» va hamyurtlarimiz uchun omadli boshlandi. «Talabalar» Oliy liga 1-turida «Vitebsk»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Diqqatga sazovor tomoni, «Energetik-BGU» safidagi legionerlarimiz - Bobur Abduxoliqov, Shohruh Abdurahmonov va Abduqodir Husanov maydonda to‘liq vaqt to‘p surishdi. Faqat Abduxoliqov 90}4-daqiqada almashtirildi. Muhimi, u bunga qadar 66-daqiqada hisobni ochdi, maydondan chiqib ketishidan oldin esa penaltidan foydalandi - startda «dubl».

Qatar. «Al-Sayliya» Yulduzlar ligasi «pley-off» o‘yinida «Al-Xor»ni 3:2 hisobida yengish evaziga kuchlilar safida qoldi. Vaholanki, Doston Hamdamov jamoasi avvaliga 0:2 hisobida ortda qolayotgandi. Hamyurtimiz mazkur irodali g‘alabaga 62-daqiqadan keyingi faol harakati bilan hissa qo‘shdi.

Italiya. «Roma» o‘tgan hafta yarmida KL nimchorak finalidan o‘rin olgan «Vitess»ga qarshi javob o‘yi­nida durang natija qayd etdi - 1:1. Shu tariqa birinchi bahsda yagona gol evaziga g‘alaba qozongan Rim klubi keyingi raundga chiqdi. Jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov Niderlandiyada bo‘lgani kabi javob o‘yinida ham maydonga tushmadi. Joze Mourinyo jamoasi yakshanba kuni «A» seriya 30-turida «Lasio»ni qabul qildi.  «Bo‘rilar» foydasiga hal bo‘lgan «Rim derbisi» (3:0)da ham Shomurodov chetda qoldi.

Saudiya Arabistoni. Jaloliddin Masharipov mamlakat chempionati 25-turidan o‘rin olgan «Al-Feyxa»ga qarshi bahsda «Al-Nasr»ga g‘alaba keltirgan yagona gol muallifiga aylandi. Hamyurtimiz 74-daqiqada jarima maydoni tashqarisidan berilgan superzarba vositasida raqib kiperini ojiz qoldirdi. Jaloliddin gol urishdan tashqari, «sariq» ishladi va o‘yin oxirida o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi.

Qozog‘iston. QPL 3-turida «Qizil-Jar»ni qabul qilgan «Tobol» 2:0 hisobida ustun keldi. Jamoa hujumchisi Igor Sergeev bu safar maydonda 79-daqiqagacha harakatlandi. «Ordabasi» ham o‘z maydonida o‘ynadi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Akjayik»ka qarshi bahsda to‘liq vaqt davomida tinim bilmagan himoyachimiz Odil Abdumajidov 65-daqiqada «sariq» oldi. Instat Index portali talqiniga ko‘ra, aynan hamyurtimiz ushbu bahsning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Uning o‘yiniga 258 ball berildi. «Qayrat» esa o‘z maydonida «Taraz»ni yengolmadi - 1:1. Almati klubining o‘zbekistonlik xavbeki Jasur Jaloliddinov tanaffusda zaxiraga olindi.

Eron. Mamlakat chempionati 23-turida ikki peshqadam - «Persepolis» va «Istiqlol» o‘zaro to‘qnash keldi. Kuchli tomon aniqlanmagan o‘yin- (1:1)da mezbonlar vakili Sherzod Temirov boshlan­g‘ich tarkibda maydonga tushib, sariq kartochka oldi va zaxiraga olindi. «Istiqlol» hujumchisi Aziz Amanov aksincha, o‘yinga zaxiradan qo‘shildi. Ayni payt «Istiqlol»da 55 ochko bor, 2-o‘rindagi «Persepolis» 49 ochkoga ega.

Moldova. «Sherif» mamlakat chempionati 2-turida «Sfintul»ga imkoniyat bergani yo‘q - 3:0. Biroq jamoa hujumchisi Jasur Yaxshiboyevsiz. 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:29, 22.03.2022.
O'qildi: 3166 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.